O‘zbekiston | 11:00 / 30.12.2021
14412
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi “Autosanoat Agro Lizing” rahbariyatida tayinlov bo‘ldi

Foto: “Autosanoat Agro Lizing” matbuot xizmati

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining 2021 yil 27 sentyabrdagi majlis bayonnomasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli rozilik xatiga asosan, “Autosanoat Agro Lizing”ga rahbar tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Karimov Burxan Muminovich – “Autosanoat Agro Lizing” direktori etib tayinlandi.

B.Karimov shu kunga qadar qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Foto: “Autosanoat Agro Lizing” matbuot xizmati

Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda “O‘zavtosanoat” AJ va uning tarkibiy korxonalari tomonidan hukumatning tegishli topshiriqlaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqarishni qayta tiklash hamda korxonalarning og‘ir moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi iste’molchilarining moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligini inobatga olib, ushbu muammoni hal etish uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan texnika xaridini moliyalashtirish faoliyatini samarali amalga oshiradigan lizing kompaniyasi tashkil etish zarurati paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan mamlakatimiz lizing bozorida yangi “Autosanoat Agro Lizing” kompaniyasi tashkil etildi.

“Autosanoat Agro Lizing” kompaniyasi matbuot xizmati Ⓣ