Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi soddalashtiriladi
O‘zbekistonda fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha hisobga olish tizimini soddalashtirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ushbu yo‘nalishda boshlangan islohotlarni yakuniga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha hisobga olishning amaldagi tartibi yanada soddalashtiriladi.
Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha hisobga olishning yagona elektron tizimi joriy etiladi. Fuqarolarning shaxsiy biometrik ma’lumotlarini olish, saqlash va ulardan foydalangan holda shaxsini tasdiqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlar takomillashtiriladi.
Bunda, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha tegishli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv milliy mexanizmning qonuniy asoslari rivojlantiriladi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:34 / 05.06.2026