AES narxi oçiqlandi, yirik pudrat sxemasi foş böldi - hafta dayjesti
|14:10 / 07.06.202642 89516 min
Jizzaxda AES qurilişi asosiy bosqiçda: jahonda öxşaşi yöq loyihaning narxi oçiqlandi. Toşkent energotizimi yana sinov qarşisida: yozning dastlabki tört kunida ikkita avariya kuzatildi. 50 mln dollarlik talon-toroj: mojaroli gaz-kimyo loyihasida korrupsion sxema oşkor böldi. Ortda qolgan haftaning Özbekiston hayotiga oid muhim yangiliklari – Kun.uz dayjestida.
AESning maksimal narxi – 9,5 mlrd dollar
Jizzaxda dunyodagi birinçi integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi loyihasining navbatdagi bosqiçiga ötildi. Ötgan yili oktyabrda kotlovan işlari, joriy yil mart oyida esa poydevor uçun beton quyiş bosqiçi boşlangan bölsa, endi birinçi energoblokni barpo etişga kirişildi. Şu munosabat bilan 4 iyun kuni bölib ötgan marosimda Özbekiston va Rossiya prezidentlari Sankt-Peterburgdan turib iştirok etdi va ularning ruxsati bilan qurilişning asosiy bosqiçiga start berildi.
Şavkat Mirziyoyev tadbirdagi nutqida AES loyihasidagi ilgarilaşni “tarixiy voqea”, mamlakatning texnologik, sanoat va ilmiy taraqqiyotida “yangi bosqiçning boşlanişi” deb atadi. Prezident zamonaviy atom energetikasining asoslarini özlaştiriş orqali, Özbekiston kelajakka strategik nazar bilan qarayotganini qayd etdi.
“Vladimir Vladimiroviç aytib ötganidek, bu loyihaning jahonda muqobili yöq. Loyiha kiçik modulli atom energetikasi va yirik bazaviy energetika sohalaridagi oxirgi yutuqlarni özida mujassam qiladi. Şu bilan birga, ta’kidlab aytamanki, xavfsizlik – biz uçun mutlaq va sözsiz ustuvor vazifa”, – dedi davlat rahbari.
Şavkat Mirziyoyev stansiyani quriş va ekspluatatsiyaga tayyorlaş işlari Atom energetikasi xalqaro agentligining doimiy nazorati ostida bölişini aytdi. Marosimda teleköprik orqali qatnaşgan agentlik boş direktori Rafael Grossi buni tasdiqladi va u ham öz nutqida AESning kiçik va katta energobloklarni bir maydonda uyğunlaştirgan noyob konfiguratsiyasini alohida urğuladi.
Vladimir Putinning sözlariga köra, Rossiya tomoni AES qurib berişdan taşqari, buning uçun Özbekistonga imtiyozli kredit ham ajratadi va reaktor yoqilğisini yetkazib beriş, servis xizmatlarini körsatiş hamda işlatib bölingan yadro materiali bilan boğliq masalalarda majburiyatlar oladi. “Rosatom” beradigan tinçlik maqsadlaridagi yadroviy texnologiyalardan nafaqat energetikada, balki qişloq xöjaligi, tibbiyot va boşqa sohalarda ham foydalaniş mumkin böladi, dedi Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid
“Özatom” boş direktori Azim Ahmadxöjayev şu kuni jurnalistlar bilan suhbatda AESning narxini oçiqladi. Uning sözlariga köra, “Rosatom” bilan imzolangan şartnomaga asosan, integratsiyalaşgan stansiyaning bazaviy maksimal qiymati 9,5 mlrd dollarni taşkil etadi. Mahalliylaştiriş hisobiga, bu narxni pasaytiriş közda tutilgan. Ahmadxöjayevga köra, zarur mablağning 85-90 foizi kreditlar hisobidan moliyalaştiriladi. Xususan, BRIKS Yangi banki, Rossiya va boşqa mamlakatlar bilan muzokaralar ötkazilişi kutilmoqda.
AES qurilişi jarayonlarida yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik ta’minlanişi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasiga yuklatilgan. Qömita 4 iyun kungi marosimdan bir neça soat oldin yiğiliş ötkazib, Jizzaxdagi tanlangan maydonda RITM-200N reaktorini örnatişga litsenziya berdi. Bu texnologiyaning tölaqonli referent emasligi, ya’ni hali amaliyotga töliq joriy etilmagani masalasiga litsenziyalovçi organ bayonotida töxtalinmagan.
Ma’lumot uçun, RITM-200N suv-suvli yadro reaktorlari – muzyorar kemalarda foydalanib kelinayotgan RITM-200 reaktorining quruqlik uçun moslaştirilgan versiyasi bölib, “Rosatom” uni birinçi bölib Yoqutistondagi AESda qöllaşni reja qilgan, ammo bu stansiyani işga tuşiriş avvaliga 2028 yildan 2030 yilga keçiktirilgan, keyinroq 2031 yilgaça surilgan. Forişdagi AESning ilk bloki esa undan avvalroq – 2029 yilda foydalanişga topşirilişi kutilyapti.
Eslatib ötamiz, umumiy quvvati 2,1 gigavattlik integratsiyalaşgan AES – har biri 55 MW quvvat beruvçi ikkita RITM-200N va har biri 1 GW'dan ikkita VVER-1000 reaktorlaridan iborat böladi. Bu esa Özbekistonni ham kiçik, ham an’anaviy yadro modullarini bitta maydonda joylaştirgan dunyodagi birinçi davlatga aylantiradi. Stansiyaning törtta bloki bosqiçma-bosqiç 2029–2035 yillarda işga tuşirilişi reja qilingan.
Toşkentda yoz boşlandi: TPlarda avariyalar
Hali yozning haqiqiy issiği boşlanmasidan turib, transformatorlar yonib ketaversa, unda çillada nima bölarkin? Iyun oyining ilk kunlarida poytaxt Toşkentda kuzatilgan avariyalar köpçilikda şu savolni uyğotgan bölsa ajab emas.
Avvaliga, 1 iyun kuni Olmazor tumanidagi “Vistavoçnaya” podstansiyasida yonğin çiqib, 6 mingdan ortiq xonadon va 800 ga yaqin yuridik şaxslar bir muddat elektr ta’minotidan uzilib qoldi. 4 iyun kungi uzilişlar kölami esa bundan ança kattaroq: “Toşkent” IESdagi transformatorda nosozlik çiqişi oqibatida Mirobod, Yunusobod, Mirzo Uluğbek va Olmazor tumanlarining qator hududlarida bir vaqtda svet öçdi. Oqibatda ayrim çorrahalarda svetoforlar işlamay tirbandliklar yuzaga keldi; issiq va sovuq suv ta’minotida ham uzilişlar kuzatildi. Hatto metropolitenning uçta liniyasidagi bekatlar çiroqsiz qolib, qisqa vaqtga bölsa-da poyezdlarning qatnov grafigi ham izdan çiqdi.
Bu kabi holatlar ayniqsa 1 iyundan kuçga kirgan elektr energiyasi tariflarining kötarilişi foniga töğri kelgani iste’molçilardagi savollarni köpaytirdi. Çunki mas’ullar tariflar oşişini aynan ta’minot barqarorligini saqlaş xarajatlari bilan izohlagan edi. Iyunning ilk kunlarida, şuningdek, tabiiy gaz, metan va propan narxlarida ham özgariş kuzatildi.
Elektrdagi uzilişlarga şahar rahbarlarining munosabatiga kelsak, ular yildan yilga vaziyat ijobiy tomonga özgarib borayotganini aytadi. 4 iyun kuni Kun.uz'ga intervyu bergan poytaxt hokimi Şavkat Umrzoqov “svet öçmasligiga kafolat bormi?” degan savolga javoban, qança kerak bölsa bölsa, şunça yuklamani kötara oladigan tizim yaratilganini ta’kidladi.
“Biz pul ajratib, transformator punktlarini töğrilab oldik. Yil oxirigaça adaşmasam yana 800 MW qöşimça quvvat oşirib olamiz. Endi bizda keyingi muammo – köp qavatli uylarning pod’yezdlaridagi şçitlar. Bu yildan unga ham mablağ ajratib, töğrilab olamiz. Şu bilan [uzilişlar] keskin kamayişiga erişamiz. Buni tizimli reja qilib oldik: endi har yili şaharning xarajat manbasida albatta 200 MW quvvat yaratiş közda tutiladi.
Biz tizimni şunga qaratyapmizki, isrofgarçilikning oldini olib, quvvatni köpaytiriş, ya’ni samaradorlikni oşiriş. Unga ham şahar tayyor. Men suvda ham, svetda ham, gazda ham umuman muammo körmayapman. Ta’minlay olamiz. [Yuklama] qança bölsa, şunça kötara oladigan tizim yaratib olganmiz”, – dedi Umrzoqov.
Şörtan–2 loyihasida yirik talon-toroj
Şörtan gaz-kimyo majmuasi / Foto: Enter Engineering
Özbekistonda gaz-kimyo sohasining yangi flagmani bölişi aytilgan loyiha – mega-korrupsiya öçoğiga aylanib qolgani ma’lum böldi. Gap – Şörtan gaz-kimyo majmuasini kengaytiriş loyihasi haqida ketyapti. Boş prokuratura huzuridagi Departament va Soliq qömitasi komplayens xizmati birgalikda foş qilgan jinoyat tafsilotlariga köra, bu yirik loyiha doirasida 640 mlrd sömdan ortiq budjet mablağlari talon-toroj bölib ketgan. Bu – hozirgi kursda qariyb 54 mln dollarga teng.
Rasmiy xabarga köra, Soliq qömitasi, Buxoro viloyati soliq boşqarmasi, “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va yana törtta MÇJning mas’ul şaxslari özaro til biriktirib, Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatini kengaytiriş doirasidagi 5,3 trln sömlik xizmatlar QQSdan ozod etilgan bölsa-da, QQS summasini elektron hisob-fakturalarga noqonuniy kiritib, budjetda asossiz ravişda QQS mablağini hosil qilgan. Keyin bu mablağlar bitta kompaniya hisobraqamiga qaytarilib, ikkinçi kompaniyaning davlat oldidagi kredit qarzi yopilişiga erişilgan. Şu tariqa, 643 mlrd sömdan ortiq budjet mablağlari ömarilgan.
Soliq qömitasidan tortib, jami 7 ta taşkilotni öz içiga olgan bu korrupsion sxema böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov boşlangan. Rasmiy bayonotda törtta MÇJning nomlari töliq oçiqlanmay, initsiallar bilan keltirib ötilgan. Bu initsiallar Şörtan–2 loyihasi atrofidagi asosiy öyinçilar nomiga mos keladi: “Şörtan gaz-kimyo kompleksi” MÇJ – loyihaning Ğuzordagi egasi; Saneg Enera – loyihaning Qoraköldagi asosiy egasi; ArkChemical – Ğuzordan Qorakölga köçirilgan loyiha operatori; Enter Engineering esa – loyiha boş pudratçisi.
Ma’lumot uçun, 2021 yilda Ğuzordagi GTL zavodi rasman oçilganida, uning yonida Şörtan gaz-kimyo majmuasi quvvatlarini uç barobarga oşiriş maqsadida 1,8 mlrd dollarlik yangi zavod qurilişi boşlangan edi. 2023 yil yanvar oyiga kelib, Kun.uz mazkur loyiha atrofida intriga yuzaga kelgani haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Suriştiruvda Özbekistonning gaz-kimyo flagmani bölişi kutilayotgan zavod uçun “Özbekneftgaz” Germaniya banklaridan 1,1 mlrd yevro qarz olib, allaqaçon 478 mln dollarni sarflab qöygan bir vaqtda, Saneg zavodni Buxoro viloyatining Qöraköl tumaniga köçirib, özi asosiy hissadorga aylaniş taklifi bilan çiqqani haqida söz yuritilgan. Şörtan – bu Qaşqadaryodagi zavod bölişiga qaramay, yuqoridagi jinoyat işida Buxorodagi soliqçilar gumonlanayotgani ham şu bilan boğliq.
Yirik xususiylaştirişlar
Yilning eng yirik xususiylaştiriş jarayonlaridan biri yakuniga yetdi: Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, Mobiuz'ning 100 foiz uluşi – “McKim and Company” nomli AQŞ kompaniyasi boşçiligidagi moliyaviy investorlardan iborat konsorsiumga 351 mln dollarga sotilgan. Qayd etilişiça, xaridorlar 500 mln dollargaça investitsiya kiritişi ham közda tutilgan. Taqqoslaş uçun, 2024 yil oxirida Qozoğiston hukumati Tele2 aloqa operatorini naq 1 mlrd dollarga sotişni uddalagan edi.
3 iyun kuni Fitch xalqaro reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini “BB” darajasida özgarişsiz qoldirib, prognozni “barqaror”dan “ijobiy”ga oşirdi. Kutilmaning yaxşilanişiga iqtisodiyotda davlat iştirokining qisqarayotgani ham sabab bölgan. Fitch bayonotida keltirilişiça, Özbekiston hukumati 2021-2025 yillarda 5,1 mlrd dollarlik xususiylaştirişni amalga oşirgan, şundan 1,6 mlrd dollari – 2025 yilga töğri keladi.
1 iyun kuni yana bir yirik savdo jarayoni yakuniga yetdi: Roodell kompaniyasi avtomobil butlovçi qismlarini işlab çiqaruvçi UzSungwoo qöşma korxonasidagi 50 foizlik davlat uluşini qariyb 586 mlrd sömga sotib oldi. Bu summa taqriban 49 mln dollarga teng. 34 daqiqa davom etgan auksion önta qadamdan iborat bölib, yakunda boşlanğiç qiymatdan 50 foizga baland narx şakllandi.
Şu tariqa, oxirgi 1,5 yilda xususiylaştirilgan “Avtokomponent”, Avto Climate Control va UzChasys kabi avtosanoat korxonalari qatoriga UzSungwoo ham qöşildi. Sohadagi eng yirik zavodlar bölmiş UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain'ni sotiş esa belgilangan muddatlardan keçikyapti.
Ta’kidlaş kerak, korxonalardan taşqari, davlatga tegişli köçmas mulklar ham xususiylaştiriş dasturining asosini taşkil etadi. Joriy haftada “Bunyodkor” stadioni röparasidagi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning ma’muriy binosi va Amir Temur xiyoboni oldidagi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi binosi auksion savdolariga çiqarildi. Eslatib ötamiz, aksariyat davlat taşkilotlari bosqiçma-bosqiç Yangi Toşkentga köçib ötişi közda tutilgan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Şaxsiy ehtiyoj uçun xorijdan avtomobil olib kirişda “bir yilda faqat bitta” degan çeklov olib taşlandi.4 iyun kungi prezident farmoni bilan, jismoniy va yuridik şaxslar bir kalendar yilida öz ehtiyoji uçun Özbekistonga olib kirgan faqat bitta transport vositasiga muvofiqlik sertifikati berilişi haqidagi qoida qonunçilikdan çiqarib taşlandi. Farmon bilan, şuningdek, quriliş sohasi uçun maxsus texnikalar va asbob-uskunalar importi 3 yil muddatga bojdan ozod qilindi. Bundan taşqari, şu hafta qabul qilingan boşqa bir qaror bilan, avtobuslar va elektrobuslar importidagi utilizatsiya yiğimi vaqtinça bekor qilindi.
2018 yil keyin qurilgan noqonuniy uylarga kadastr berilmaydi. Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyevning aytişiça, özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarni rasmiylaştiriş böyiça qonunda 2018 yil 1 maygaça qurilgan uylar deyilgan va bu muddatni qayta körib çiqiş reja qilinmayapti. Bino-inşoot qaçon qurilganiga kosmik suratlar orqali aniqlik kiritiladi. “Noqonuniy egallangan yerlar böyiça bir neça marta aksiya berildi. Endi buni 2018 yildan keyingilarga ham qilsak va aniq muddatini belgilamasak, keça qurilib loyi qotmagan uyni egallab olib, şunga ham huquq beringlar degan narsalar bölişi mumkin. Aholimiz köpayişini hisobga olgan holda, biz yerni asraşimiz kerak”, dedi Valiyev.
Qaşqadaryoda sud eşak göşti sotiş bilan şuğullangan şaxsni jazoga tortdi. Ma’lum bölişiça, 44 yoşli erkak Qarşi tumanidagi uyida eşak söyib, göştini turli bozorlarda sotib kelgan. Uning uyidan 247 kg iste’molga yaroqsiz göşt va qariyb 100 ta eşak terisi topilgan. E’tiborlisi şundaki, bu şaxs bir neça oy oldin ham xuddi şunday qilmiş uçun sudlanib, ozodligi çeklangan bölgan. Huquqbuzar tayinlangan jazodan xulosa çiqarmaganiga qaramay, sud unga yana ozodlikni çeklaş jazosi tayinlagan, ya’ni amaldagi jazo muddati uzaytirib qöyilgan. Bu eşak savdogarining mulkida Malibu rusumli şaxsiy avtomobili borligi ham e’tiborga molik. Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda 5 ming sömlik kolbasalar şov-şuv keltirib çiqargan, şunga qaramay u mahsulot nimadan tayyorlangani noma’lum bölib qolgandi.
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi. Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi inspektori S.B. 15 yoşli ösmir bilan jinsiy aloqa qilganlikda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga köra, u Qörğontepa tumanida yaşovçi qizni Andijon şahridagi köp qavatli uyga olib borgan. Xodim voyaga yetmaganlarni qöllab-quvvatlaş majburiyati yuklangan lavozim egasi bölgani uçun, aynan özi ğamxörlik qilişi kerak bölgan bolaga nisbatan şunday qilmişni sodir etganlik ayblovi bilan kamida 8 yilga qamalişi mumkin. Gumonlanuvçi 2004 yilgi Olimpiadada bronza medali olgan taniqli boksçi ekani aytilyapti.
Pora olişni rad etgan huquq organlari xodimlariga mukofot beriş töğri emas. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Navoiy viloyatidagi voqeaga şunday munosabat bildirdi. Gap şundaki, Karmana tumanida YPX xodimi mast haydovçining ming dollarlik pora taklifini rad etgani uçun xuddi şunça summa – 12 mln 360 ming söm pul mukofoti bilan rağbatlantirilgan edi. Aksilkorrupsiyaga agentligiga köra, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini öz xizmat vazifalarini bajariş jarayonida pora olişdan voz keçgani uçun moddiy rağbatlantiriş – huquqiy jihatdan nomuvofiq. Agentlik bu amaliyotni bekor qiliş böyiça hukumat qarori loyihasi işlab çiqilganini ma’lum qildi.