Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kredit liniyasini jalb qilish va undan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va TIF milliy banki tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB)ning umumiy qiymati $200 mln dollarga teng kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.
OIIBning kredit liniyasi davlat kafolati ostida bir nechta transhlar asosida, jumladan, har bitta transh 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan, foiz stavkasi 6 oylik Libor plyus yillik 0,65 foiz, OIIBning 0,25 foiz boshlang‘ich bir martalik tashkiliy komissiyasi va yillik 0,25 foiz kredit liniyasining foydalanilmagan qismi uchun hisoblaniladigan majburiyat komissiyasi bilan jalb qilinadi.
Mablag‘lar koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan jabrlangan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va o‘z faoliyatini tiklashga, ularni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, shu jumladan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va transport sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
TIF milliy banki OIIB tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi bo‘yicha qarz oluvchi va kredit mablag‘larining maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro organi hisoblanadi.
TIF milliy bankiga OIIBning jalb qilingan mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan, foizlar, boshlang‘ich bir martalik tashkiliy komissiya va majburiyat komissiyasi haqlarini to‘lash va boshqa xarajatlar bo‘yicha to‘lovlar o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi tavsiya etildi.
Mavzuga oid
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026
Hantavirusning tarqalishi jiddiy emas va tez orada barham topishi kerak – JSST
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
22:58 / 20.05.2025