O‘zbekiston | 08:40 / 06.01.2022
4881
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalar yaratiladi 

Koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalarni yaratish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, biotexnologik yo‘l bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalarni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va klinik oldi sinovlarini o‘tkazish va ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

Pandemiya va shu kabi ofatlar bilan bog‘liq jarayonlarning barvaqt oldini olish tizimini yaratish ham ko‘zda tutilmoqda.

Bunda, vaziyatni har tomonlama chuqur tahlil qilib, bo‘lajak xavf-xatarlar, ular bilan bog‘liq muammolarni oldindan prognoz qilish, ularning yechimiga aniq reja va choralar bilan tayyor turish tizimi yaratiladi.

Shuningdek, kasalliklarni yengish uchun xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik kuchaytiriladi. 

Bemorlarni davolash bo‘yicha telemeditsina orqali olib borayotgan muloqotlarni kengaytirish, xalqaro tajribalar va tavsiyalarni faol joriy etish nazarda tutilgan.

Koronavirus qaytadan tarqalishining oldini olish hamda uning iqtisodiyot va insonlar hayotiga salbiy ta’sirini imkon qadar cheklash ishlari ham amalga oshiriladi.

Aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash, narx-navoning oshib ketmasligiga erishish va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid