Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uzbekistan Airways» ta’tildan so‘ng Toshkentga qaytayotgan talabalar uchun qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ydi
Urganch, Buxoro, Namangan, Qarshi va Nukusdan qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
“Uzbekistan Airways” AJ talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida 7 yanvardan 9 yanvarga qadar Urganch, Buxoro, Namangan, Qarshi va Nukusdan Toshkentga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 7 yanvar kuniga Toshkent – Urganch – Toshkent va Toshkent – Buxoro – Toshkent reysi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 8 yanvar kuni Toshkent – Namangan – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent (yo‘lovchi sig‘imi ko‘p bo‘lgan havo kemasi turiga almashtirildi), Toshkent – Buxoro – Toshkent (yo‘lovchi sig‘imi ko‘p bo‘lgan havo kemasi turiga almashtirildi) va Toshkent – Nukus – Toshkent (yo‘lovchi sig‘imi ko‘p bo‘lgan havo kemasi turiga almashtirildi) yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 9 yanvar kuni Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Buxoro – Toshkent, Toshkent – Qarshi – Toshkent va Toshkent – Urganch – Toshkent reysi amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish, shuningdek, parvoz vaqtini ham bilib olish mumkin ekani aytiladi.
Mavzuga oid
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
11:33 / 04.03.2026
Toshkent-Dubay reyslari 4 martdan bosqichma-bosqich tiklanadi
10:22 / 18.02.2026
Tuman sabab Guanchjou-Toshkent reysi Samarqandga yo‘naltirildi
08:51 / 18.02.2026