O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari keskin ortdi, yana o‘lim holatlari ro‘y bera boshladi
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni keskin ortdi, 9 kundan so‘ng ilk o‘lim holati qayd etildi.

Foto: Kun.uz
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 6 yanvar kuni respublikada 250 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 9 kundan so‘ng ilk o‘lim holati qayd etildi.
«2022 yil 6 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199 758 (+251) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 9 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 36 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 12 nafari Xorazm viloyatida,
- 47 nafari Toshkent viloyatida,
- 120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 11 nafar,
- Buxoro viloyatida 4 nafar,
- Jizzax viloyatida 5 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
- Xorazm viloyatida 11 nafar,
- Toshkent viloyatida 13 nafar,
- Toshkent shahrida 44 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 196851 (+93) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1 488 nafarni tashkil qildi. Dekabr oyi oxirlarida O‘zbekistonda kovid bilan bog‘liq o‘lim holatlari to‘xtagan - so‘nggi o‘lim 9 kun avval qayd etilgandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yil oxirida O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari 100dan kamaygan va 5 yanvargacha kunlik holatlar 100dan oshmagan, 5 yanvar kuni esa koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 146ta holat aniqlangan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
-
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
O‘zbekiston | 08:07
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
Mavzuga oid

10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi

22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan

18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda

18:02 / 03.05.2022