Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqi maksimal miqdori oshiriladi
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish rejalashtirilmoqda.
Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilab qo‘yilgan.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini tayyorlash, vazirlik va idoralar bilan kelishish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini 12 barobaridan kelib chiqqan holda “Pensiya” dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ham nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
21:32 / 07.04.2026
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?
17:46 / 18.02.2026
Pensiya yoshiga yetgan shaxslarga jamg‘arilgan pensiya avtomatik to‘lab beriladi
21:29 / 07.08.2025
“Oyligim oshmayapti” - xodim va ish beruvchi orasidagi doimiy muammo
20:56 / 23.07.2025