O‘zbekiston | 19:20 / 07.01.2022
10616
1 daqiqa o‘qiladi

Qishki ta’tilning uzaytirilgani o‘quv yili muddatiga qanday ta’sir ko‘rsatishiga izoh berildi

Qishki ta’tilning uzaytirilgani 1–2-kurs talabalari uchun o‘quv yili davomiyligiga deyarli ta’sir qilmaydi.

Foto: KUN.UZ

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Komiljon Karimov qishki ta’tilning 24 yanvargacha uzaytirilgani o‘quv yili davomiyligiga qanday ta’sir qilishi bo‘yicha izoh berdi. 

"Ta’tilning uzaygani 1–2-kurslar o‘quv yili muddatiga katta ta’sir qilmaydi. Chunki yangi modul tizimimizda o‘quv yili davomiyligi eski tizimga nisbatan ancha qisqargan. Ilgarigi tizimda 38-40 o‘quv haftasi bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 30 hafta. O‘quv birinchi semestrda 15 hafta, ikkinchisida 15 hafta davom etadi", - dedi u Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, 1–2-kurs talabalari o‘qishni 3–4-kurslarga nisbatan vaqtliroq tugatadi. Ularning o‘qish muddati iyun oyiga bormasdan  yakuniga yetadi.

Mavzuga oid