Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHXBB izoh berdi: 2022 yil 1 yanvardan boshlab YHXBda ro‘yxatdan o‘tadigan avtomobillar uchun yig‘im undirilmaydi
Rasmiy izohga ko‘ra, oldi-sotdi qilingan sanadan qat’i nazar, 2022 yil 1 yanvardan avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yig‘im undirilmaydi.
2022 yil 1 yanvardan kuchga kirgan «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun bilan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ulovning ishlab chiqarilgan yili va ot kuchiga qarab undiriladigan yig‘im bekor qilindi.
Biroq shundan keyin ham fuqarolardan yig‘im to‘lash talab qilingan holatlar uchradi.
Vaziyatga oydinlik kiritish uchun IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy izoh berdi.
Unga ko‘ra, avtomobil oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanadan qat’i nazar, avtomobilni YHXBda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2022 yil 1 yanvar yoki undan keyin tashrif buyurilganda, yig‘im undirilmaydi.
Avvalroq, yig‘im bekor qilinganiga qaramay, avtomobil sotib olganlik uchun hamon fuqarolardan yig‘im to‘lash talab etilayotgan holatlar ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:18 / 24.06.2026
2026 yilning eng ishonchli avtomobil brendlari ma’lum qilindi
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026