Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Andijon va Namanganda giyohvandlikka qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
Davlat xavfsizlik xizmati Andijon va Namanganda giyohvandlikka qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida Andijon tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Xo‘jaobod tumaniga borib, qirg‘izistonlik narkokurerlar tomonidan davlat chegarasidagi sim to‘siqlar va unga parallel ravishda o‘rnatilgan devor ustidan uloqtirib o‘tkazib berilgan 3 kg 860 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.
Andijon viloyatida kuzatilgan yana bir holatda esa 1980 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha bor sudlangan fuqaro yonida 110 dona flakonda “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Bojxona qo‘mitasi xodimlarini jalb etgan holda o‘tkazgan tezkor tadbirida Toshkent shahri tomon harakatlanib ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina Qamchiq dovonida to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida va yukxonasida 1680 dona flakonda “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi. Shuningdek, mazkur dori vositalari Toshkent shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaroga olib ketilayotgani ma’lum bo‘lib, u ham qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026