Andijonda yuz bergan mudhiş hodisa köz öngingizda turgan bölsa kerak: katta tezlikda, boz ustiga boşqa avtomobil(lar) bilan poyga öynab harakatlangan Malibu boşqa maşinalar yöl bergaç piyodalar yölagidan ötayotgan buvi va uning ikki nabirasini majaqlab ketdi.
Haydovçiga Jinoyat kodeksining 266-moddasi tegişli bandi, ya’ni odam ölimiga sabab bölgan yöl transport hodisasi sodir etiş bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov ketmoqda.
Ammo bu malakalaş xato. Qilmiş qasddan sodir etilgan jinoyat sifatida e’tirof etilişi va Jinoyat kodeksining mos moddalariga qayta malakalanişi lozim. Bunga qonunlarda yetarli asoslar mavjud. Sud amaliyotida ham bu tajriba bor. Şular haqida muallifning nuqtai nazari bilan bölişamiz.
Oliy sud Plenumining 2015 yil 26 iyundagi 10-sonli qarori 10-bandida Jinoyat kodeksi 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat harakatlaniş yoki transport vositalaridan foydalaniş yoki boşqa qoidalar buzilişi xususiyatidan qat’iy nazar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan, deb e’tirof etiladi, çunki, bunda aybdor barça hollarda öz-öziga işoniş yoki beparvolik bilan harakat qiladi. Agar aybdor harakatlaniş yoki transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini qasddan buzsa, uning qilmişi Jinoyat kodeksining qasddan sodir etilgan jinoyatlar uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi tegişli moddalari böyiça kvalifikatsiya qilinişi lozim.
Oliy sud Plenumining yana bir qarorida agar aybdor öz harakatining ijtimoiy xavfli ekanligini anglasa, jabrlanuvçi badaniga muayyan darajada şikast yetkazişi mumkinligiga közi yetsa va şuni xohlasa yoinki xohlamasa-da, bunga ongli ravişda yöl qöysa yoki öz qilmişidan kelib çiqadigan oqibatlarga befarq qarasa, barça qilmiş aslida kelib çiqqan oqibatlar böyiça kvalifikatsiya qilinişi lozimligi aytiladi.
Malibu haydovçisi harakatlariga e’tibor qaratamiz:
- katta tezlikda harakatlanayotgani körinadi (bir neçta kameralarga yozib olingan);
- yönalişdagi avtomobillar piyodalarni ötkazib yuboriş uçun harakatni töxtatgan;









