Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft 68,7 milliard dollarga Call of Duty'ning asoschisi bo‘lmish kompaniyani sotib oldi
Microsoft rekord miqdoragi xaridni amalga oshirdi. Korporatsiya video o‘yinlar yaratuvchisi Activision Blizzard kompaniyasini 68,7 milliard dollarga sotib oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Bu video o‘yinlar segmentidagi eng qimmatli savdo xaridi bo‘ldi. Ushbu kompaniya mashhur Call of Duty o‘yinining asoschisi hisoblanadi. Activision Blizzard aksiyasi egalari har bir qimmatli qog‘oz uchun 95 dollardan oladi. Bu esa aksiyalarning 14 yanvar holatidagi birja narxidan 45 foizga ko‘p degani. Microsoft xarid haqida e’lon qilgach, aksiyalar narxi 88 dollargacha qimmatlagan.
Savdo rasmiylashtirilgach, Activision Blizzard butun kataloglari bilan Microsoft'ning Microsoft Gaming servisi ixtiyoriga o‘tadi. Microsoft 2020 yilda ham video o‘yinlar segmentida rekord xaridni amalga oshirgandi. O‘shanda ZeniMax Media 7,5 milliard dollar evaziga Microsoft tasarrufiga o‘tgandi.
Mavzuga oid
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
18:55 / 14.10.2025
Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
20:59 / 26.09.2025
Microsoft Isroildagi falastinliklarni kuzatish uchun foydalanilgan xizmatlarni blokladi
07:09 / 04.08.2025