Suv ostida uyg‘ongan vulqon, noodatiy sovuq kelgan Pokiston va «hayot uchun salib yurishi». Kun suratlari
Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.
Foto: NOAA/SSEC/CIMSS via REUTERS
14 yanvar kuni Tonga arxipelagida suv ostidagi Hunga-Tonga-Hunga-Haapay vulqoni uyg‘ondi va uning ortidan qator sunamilar yuzaga keldi. Vulqon otilishi oqibatida suvosti kabellari zararlangan, natijada butun arxipelag bo‘ylab telefon aloqasi va internet uzilgan. Sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa ham atmosferaga ko‘tarilgan katta hajmdagi kul tufayli uzilishlar bilan ishlamoqda, shu tufayli, hozirga qadar bu falokat oqibatlari ko‘lami ma’lum emas. Rasmiylar uch kishi qurbon bo‘lgani va o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan.
Vulqon otilishidan keyin Tinch okeani qirg‘oqlariga balandligi bir metrdan oshiq to‘lqinlar yopirila boshlagan - to‘lqinlar Yaponiya, AQShning g‘arbiy sohillari hamda Perugacha yetib kelgan.
Tongadagi vulqon tufayli neft sizishidan Peru sohillari ifloslandi.