O‘zbekiston | 15:30 / 21.01.2022
4521
4 daqiqa o‘qiladi

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ: dasturlar asosida samarali ishlar amalga oshirilmoqda

Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ

So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida shaharu qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilib, yanada chiroy ochmoqda.

Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida kuzatilayotgan bu kabi shiddatli rivojlanish sur’atlari, eng avvalo, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga olib kelishi tabiiy holdir.

Elektr quvvatiga nisbatan oshib borayotgan ehtiyojni to‘laqonli qondirish, iste’molchilar uchun elektr yetkazib berishni sifatli ta’minlash uchun tizimda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048 sonli qaroriga asosan, 2021 yilda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish rejasi bo‘yicha 730,8 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 305 dona transformator punktlarining qurilish ishlarini amalga oshirish belgilangan edi.

2021 yil yakunigacha amalda 743,4 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 305 dona transformator punktlarida qurilish ishlari bajarildi. Shu jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga asosan o‘tgan yil viloyatdagi 26 ta mahallaning elektr ta’minotini yaxshilash uchun 195,6 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 46 dona transformator punktlarining yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi.

Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Aholi va ulgurji iste’molchilarni 2021-2022 yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tishini ta’minlash maqsadida 880,7 km uzunlikda 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari, 35-110 kV li 4 ta kuch transformatorlari hamda 456 ta transformator punktlari, 4 ta 35-110 kV li kuch transformatorlari va 10 ta o‘chirgichlar mukammal ta’mirlandi.

Tuman va shahar ETKlarida qo‘shimcha avariya tiklash uchun 68 brigadalar tashkil etilib mutaxassis xodimlar jalb qilindi. Qo‘shimcha avariyaviy ishlarni bartaraf qilishda 15 dona maxsus texnikalar shay holatga keltirilib, zaxira materiallari yaratilishiga erishildi.

Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Bundan tashqari yangi turdagi hisoblagichlarni o‘rnatish va ishlatish jarayonlari ham jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Viloyat bo‘yicha o‘rnatilishi lozim bo‘lgan 402 558 ta hisoblagichlar aholi xonadonlariga to‘liq o‘rnatildi. Barcha tuman va shahar ETKlarida DATA markazlar ishga tushirilib faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish borasida ham reja dasturlar ishlab chiqildi. 2022 yil davomida 1005,3 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 217 dona transformator punktlarining qurilish ishlarini amalga oshirish hamda 1263,4 km uzunlikda 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari, 35-110 kV li 4 ta kuch transformatorlari hamda 470 ta transformator punktlari, 8 ta o‘chirgichlarni mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi amaliy ishlar davom etadi.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid