Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshlik va navoiylik tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Bangladesh Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Jahongir A’lam boshchiligidagi ushbu mamlakat delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda viloyat rahbari mehmonlarni hududning iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari, infratuzilma va logistika sharoitlari bilan tanishtirgan. Uzoq va yaqin xorijiy davlatlar, xususan Bangladesh Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun viloyatda barcha asoslar yetarli ekani ta’kidlangan.
Elchi Muhammad Jahongir A’lam Navoiy viloyati bilan Bangladesh davlati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik doiralarini kengaytirish, jumladan, meva-sabzavot, to‘qimachilik, farmatsevtika sohalarida qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari bilan qiziqdi hamda bu boradagi aloqalarni jadallashtirish uchun xizmat qilishga tayyor ekanligini bildirgan. Muzokaralar yakunida bangladeshlik va navoiylik tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish, buning uchun ular ishtirokida biznes forum va ishbilarmonlik uchrashuvlarini tashkil etishga kelishib olingan.
Mavzuga oid
09:55
Navoiyda IIB tergovchisi pora olishda qo‘lga tushdi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
08:54 / 03.06.2026