BMTga a’zo davlatlar vakillari örtasida bölib ötgan ovoz beriş jarayonida Bangladeş taşqi işlar vaziri Xalilur Rahmonning nomzodi qöllab-quvvatlandi.

72 yoşli Rahmon uçun 99 davlat ovoz bergan bölsa, uning raqibi — kiprlik diplomat Andreas Kakuris 91 ovoz töpladi.

Joriy yil fevral oyida Bangladeş taşqi işlar vaziri lavozimiga tayinlangan Xalilur Rahmon BMT Boş assambleyasiga sentabr oyidan rahbarlik qiladi. Uning vakolat muddati bir yilni taşkil etadi.

Ayni paytda mazkur lavozimni Germaniyaning sobiq taşqi işlar vaziri Annalena Berbok egallab turibdi. U Boş assambleyaga 2025 yil sentabridan buyon raislik qilib kelmoqda.

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Rahmonni saylovdagi ğalabasi bilan tabriklab, u öz faoliyatini qurolli mojarolar, davlatlar örtasidagi kelişmovçiliklar, ijtimoiy tengsizlikning kuçayişi va iqlim inqirozi kabi jiddiy global muammolar davrida boşlaşini ta’kidladi.

BMTning eng yirik organi hisoblangan Boş assambleya raisi lavozimi asosan taşkiliy va vakillik vazifalarini öz içiga oladi. Rais sessiyalarni boşqaradi, yiğilişlarni taşkil etadi hamda assambleya nomidan xalqaro maydonda iştirok etadi.

Boş assambleya qarorlari köp hollarda siyosiy jihatdan ramziy ahamiyatga ega bölib, xalqaro hamjamiyat kayfiyatining muhim körsatkiçi sifatida baholanadi.