O‘zbekiston | 08:57 / 25.01.2022
1235
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda moratoriy davrida qancha daraxt saqlab qolingani ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2019 yil 1 noyabrdan 2021 yil 31 dekabrgacha moratoriy davrida jismoniy va yuridik shaxslardan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘rab qilgan murojaatlari tahlil qilingan. Unga ko‘ra, hududda ushbu davr mobaynida 286 ming 184 tup daraxt saqlab qolingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019-2021 yillarda moratoriy davomida jami 196 ta murojaatda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 289 ming 772 tup daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘ralgan.

Shundan 3590 tup daraxtni kesishga, 203 tup daraxtga shakl berishga, 75 tup tuxumdan ekilgan balandligi 15-20 sm bo‘lgan yosh nihollarni ko‘chirib o‘tkazishga ijobiy xulosa berilgan. 82 ta murojaat rad etilib, 286 ming 184 tup daraxt saqlab qolingan.

Bundan bir muddat oldin Nukus shahrida 300 dan ziyod daraxt kallaklab tashlangani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid