Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zamin fondi aksiyasi doirasida Toshkentning 13 gektardan oshiq maydoniga daraxt ekildi
Zamin fondi Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Yashil zamin” loyihasini amalga oshirmoqda.
Bugun, 1 aprel kuni loyiha doirasida navbatdagi yashil maydon Sergeli tumanidagi havo ifloslanishi yuqori darajada bo‘lgan, sanoat korxonalariga yaqin hududda – “Quruvchi” mavzesida tashkil etildi. Bu haqda fond axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugunning o‘zida 4,5 gektar maydonga 2740 tup daraxt ekildi. Aksiyada “Zamin Education” o‘quvchilari bilan birgalikda fond Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.
“Yashil zamin” loyihasi boshlanganidan buyon Toshkent shahridagi daraxtlar ekilgan umumiy maydon hajmi 13 gektardan oshdi, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, bu jarayonda sug‘orish va yoritish tizimlari, yo‘laklar yotqizish, o‘rindiqlar va chiqindi uchun urnalar o‘rnatish masalalari ham hal qilingan.



Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026