Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegarada kepak orasiga yashirib o‘tilgan 788 mln so‘mlik, 131 tonna kartoshka qo‘lga tushdi
Toshkent viloyatining “Navoiy” nazorat-tekshiruv posti orqali har kuni 150 dan ortiq yuk mashinalari o‘tib qaytadi. Tabiiyki, har bir transport vositasi tekshiruvdan o‘tkazilib, yuklangan mahsulotga doimiy “hamroh”, ya’ni sertifikat taqdim etilishi talab etiladi. Biroq zarur fitosanitar sertifikatga ega yuk ham ba’zida mutaxassislarda shubha uyg‘otishi mumkin, deyiladi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabarida.
Ana shunday holat “Navoiy” nazorat-tekshiruv postida yuz berdi. Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga 7 ta yuk mashinasida kepak olib kelingan. Aslida bu odatiy holat, biroq yuklangan yem mahsuloti ichida zarur fitosanitar sertifikat va karantin ruxsatnomasisiz, yashirin yo‘l bilan kartoshka olib kelinayotganligi qo‘pol qoidabuzarlik hisoblanadi.
“Keles” tashqi iqtisodiy faoliyat chegara maskanida o‘tkazilgan qo‘shimcha nazorat ko‘rigi natijasida kepak orasida 131 tonnadan ortiq kartoshka mahsuloti aniqlandi. Umumiy qiymati 788 million 400 ming so‘mga baholangan mahsulotning fitosanitar xavfsizligini aniqlash maqsadida namunalar olinib, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga jo‘natildi.
Holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, ayni paytda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026