Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismida 31 yanvar kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirobod hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz poytaxt» xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent aylanasi bo‘ylab qurilayotgan metro yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib qolgan Xonabod ko‘chasidagi yuqori bosim D-720 m, yerosti gaz quvurining yo‘nalishini o‘zgartirish hamda montaj ishlari tugatilgan. Harakatdagi gaz quvurini kesish va ulash ishlari «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Yerosti gaz quvurlari xizmati» tomonidan rejalashtirilmoqda.
Shu sababli 2022 yil 31 yanvar kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha Toshkent viloyati Zangiota tumanida, Toshkent shahri Sergeli tumanida hamda Bektemir va Mirobod tumanlari kesishmasidagi Baratxo‘ja, Qo‘yliq ovul, Badaxshon ko‘chalaridagi aholi xonadonlarida hamda ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.
«Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
09:20 / 07.03.2026
Yakkasaroyda 101 mln so‘m olgan gaz ta’minoti sohasi xodimi ushlandi
10:27 / 01.08.2025
Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
19:49 / 03.07.2025