Toşkent şahrida fuqarodan hisoblagiç yöqligi sababli işlarini bosti-bosti qilib beriş evaziga 1 000 AQŞ dollari talab qilgan Yunusobod tumani gaz ta’minoti bölimi xodimi qölga olindi.
Ma’lum qilinişiça, fuqaro Toşkent şahar IIBBga murojaat qilib, Yunusobod tumani gaz ta’minoti bölimida işlovçi mas’ul şaxs gaz hisoblagiç örnatilmaganligi sababli dalolatnoma tuzmaslik, jarimaga tortmaslik va hujjatlarni töğrilab beriş evaziga 12 mln söm talab qilayotganligi va şu kunga qadar 1 million 200 ming söm berganligini ma’lum qilib, mazkur şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida Yunusobod tumani gaz ta’minoti bölimida işlovçi mas’ul şaxs fuqarodan talab qilingan pulning qolgan 10 mln 800 ming sömini olgan vaqtida uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi uçinçi qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.













