Yaponiya maktabida öquvçilarni ovqatlantiriş jarayoni / Foto: lifeinjapan.ru

Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi» loyihasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati 1-4-sinf öquvçilarini bepul nonuşta yoki tuşlik bilan ta’minlaş nazarda tutilgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev tizimning 1 apreldan boşlab işga tuşirilişi, bu maqsadlarga davlat budjetidan 200 milliard söm ajratilişi haqida aytdi.

Maktab öquvçilarini bepul ovqatlantiriş tizimi nima, u qaysi mamlakatlarda, qanday maqsadda joriy qilingan, özbekistonlik bolalar qanday ovqatlarni yeyişi kerak - şu kabi savollarga maqolada javob berişga harakat qilamiz.

Buyuk Britaniya – öquvçilarni bepul ovqatlantirgan ilk mamlakat

Maktabda ovqatlantiriş tizimini joriy qilgan dunyodagi ilk davlat Buyuk Britaniya hisoblanadi. 1906 yilda hukumatning mahalliy hokimiyatga maktab öquvçilarini bepul ovqat bilan ta’minlaşni tavsiya etuvçi ilk qarori qabul qilingan.

1939 yildan maktab öquvçilarini ovqatlantiriş mamlakat budjeti hisobiga amalga oşirila boşlangan. Bunda asosan kambağal toifadagi oila farzandlari bepul nonuşta bilan ta’minlangan.

1945 yilga kelib 1,5 milliondan ortiq maktab öquvçilari har kuni bepul nonuşta bilan ta’minlangan. Bu 1939 yilga qaraganda 10 barobar köp edi.

Buyuk Britaniyada öquvçilarni ovqatlantiriş jarayoni / Foto:1prof.by

1979 yilda Margaret Tetçer boşçiligidagi konservatorlarning hukumatga kelişi bilan maktablarda ovqatlantiriş tizimiga munosabat özgargan. Davlatning bu tizimda iştirok etişiga byurokratizm va ortiqça xarajatlarga olib keluvçi omil sifatida qaralgan. Oqibatda, keyingi 10 yilda minglab britaniyalik öquvçilar bepul nonuşta va tuşlikdan mahrum bölgan.

Bu qanday oqibatlarga olib keldi? Öquvçilar arzon va zararli mahsulotlar bilan ovqatlana boşlagan. Ularning iste’molidagi şakar miqdori 30 foizga oşgan. Bolalarning 1/3 qismi muntazam ravişda oq non, çipslar, şirinliklar, şirin gazli içimliklarni köplab iste’mol qilib, meva va sabzavotlar yeyişni kamaytirgan. Bolalar orasida yurak-qon tomir tizimi, nafas yöllari kasalliklari soni köpaygan, osteoporoz va onkologiya kasalliklarining rivojlaniş xavfi oşgan.