Yangi Namangan tumanida öquvçilar iştirokida YTH sodir böldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, YTH 15 aprel kuni sodir bölgan. Yangi Namangan tumanidagi 70-umumta’lim maktabining 2 nafar 8-sinf öquvçisi Telegram’dagi guruhdan Spark maşinasini 8 soatga ijaraga olişgan. Buning evaziga maşina egasiga 1 mln söm berişgan.

Öquvçilar maşinani katta tezlikdan boşqarib ketayotib yöl çetidagi beton tösiqqa borib urilgan. YTH oqibatida ular turli tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.

“Eng açinarlisi, uşbu bolalar tahsil oladigan maktabda viloyat YHXB tomonidan muhokama yiğilişi ötkazilgan edi. Aynan şu bolalar voyaga yetmagan holda avtomaşina boşqargani uçun ularning ota-onalari, ustozlari, mas’ullar ogohlikka çaqirilgandi. Bolaning tegişli xulosa çiqarmagani uni halokatga yetakladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, bolalarga maşinani ijaraga bergan şaxsning özi hali haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan. U maşinani 12 aprel kuni Toşkent şahrida yaşovçi fuqarodan sotib olgani aniqlangan. Spark egasi qilgan işidan puşaymonligini aytib, qaytib bu xatoni takrorlamasligini bildirgan.

“120 tezlikda tormozim işlamay qoldi. 1 mln sömni dadamning işxonasidan oldim. Dadamning bundan xabari bölmadi”, degan YTH paytida maşina boşqaruvida bölgan öquvçi.

Bolaning otasi Namanganda köplab ota-onalar farzandlari ijaraga olingan maşinada YTHga uçraşi ortidan aziyat çekayotganini aytib, maşinasini voyaga yetmaganlarga ijaraga berayotgan “tadbirkor”larni pul uçun vijdonini sotmaslikka çaqirgan.

Kun.uz oldinroq Namanganda maşinani noqonuniy ijaraga beriş “biznes”ga aylanayotgani va buning oqibatida bolalar halok bölayotgani haqida xabar bergandi.