Prezident videoselektorda 1 fevralgaça tuman va şahar budjetlaridan içki yöllarga ajratilgan 290 milliard sömning 50 foizini «Oçiq budjet» orqali jamoatçilik fikri asosida moliyalaştiriş tartibini joriy qiliş lozimligini ta’kidladi.
«Davlat dasturida közda tutilgan barça çora-tadbirlar xalqimiz tomonidan katta işonç bilan qizğin qabul qilindi.
Ularning amaldagi ijrosini aholimizning barça qatlamlari – örta sinf vakillari va tadbirkorlar, ziyolilar, budjet sohasi xodimlari, harbiy xizmatçilar, faxriylarimiz, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar – barça-barçasi yaqin kunlarda öz kundalik hayotida sezişlari kerak.
Misol uçun, dasturda 1 apreldan Qoraqalpoğiston va Xorazmda 1-4-sinf öquvçilarini bepul nonuşta yoki tuşlik bilan ta’minlaş nazarda tutilgan. Bu maqsadlarga joriy yil uçun budjetdan 200 milliard söm ajratdik.
Savol tuğiladi: xöş, biz bu işlarni amalda qanday taşkil etamiz? Şu munosabat bilan:
10 fevralga qadar uşbu tizim böyiça:
- xizmat körsatuvçi korxonalar qanday tanlanadi?
- taom ratsionida nimalar böladi?
- mablağlar kimga va qanday ajratiladi?
- bunda korrupsiya holatlariga yöl qöymaslik uçun nima qiliş kerak degan savollarga aniq javob topib, puxta işlangan konsepsiya taqdimoti ötkazilsin.
Şu bilan birga, respublikamizdagi içki yöllar masalasi dolzarb bölib qolmoqda. Şu sababli 1 fevralgaça tuman va şahar budjetlaridan içki yöllarga ajratilgan 290 milliard sömning 50 foizini «Oçiq budjet» orqali jamoatçilik fikri asosida moliyalaştiriş tartibini joriy qiliş lozim.
1 martga qadar 129 ming gektar maydonni oborotga kiritiş uçun suğoriş tizimini yaratiş hamda irrigatsiya-melioratsiya tadbirlariga zarur mablağlarni aniq hisob-kitob qilgan holda dastur tasdiqlab, işlarni boşlansin.
Umuman, Davlat dasturi doirasida birinçi çorakda 56 ta, yil yakuniga qadar 318 ta qonun, farmon va qarorlar işlab çiqiş belgilangan.
Şu bois, har bir mas’ul vazirlik va idora rahbarlari topşiriqlar muddatini kutmasdan, özining haftalik, oylik va çorak rejalarini işlab çiqib, ijrosiga bugundan kirişsin», dedi davlat rahbari.
















