Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Afg‘onistondagi rahbarlik lavozimlariga dastlabki ikki ayolni tayinladi
Malalay Rahim «Malalay» ixtisoslashtirilgan tug‘uruqxona direktori, doktor Arian esa ginekologiya klinikasi direktori etib tayinlandi.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng birinchi marta mamlakatdagi rahbarlik lavozimlariga ayollar tayinlanganini e’lon qildi. Tegishli bayonot seshanba kuni kechqurun Twitter'da, harakat tomonidan tuzilgan Afg‘oniston muvaqqat hukumatida axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Zabihulloh Mujohidning sahifasida e’lon qilindi.
«Muvaqqat Vazirlar Mahkamasi rahbarining farmoyishi bilan doktor Malalay Rahim butun mamlakatdagi yagona akusherlik va ginekologiya muassasasi bo‘lgan «Malalay» ixtisoslashtirilgan tug‘uruqxonasiga (Kobul shahridagi) direktor etib tayinlandi. Vazirlik taklifi va muvaqqat hukumatdagi bosh vazirning roziligi bilan doktor Arian Shahror ginekologiya klinikasi direktori etib tayinlandi», deyiladi xabarda.
Ushbu tayinlovlar oldidan harakat a’zolarining qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan ko‘plab uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, ularda, xususan, ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtiroki masalasi ko‘tarildi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyatning faol qo‘llab-quvvatlashi tufayli so‘nggi 20 yil ichida Afg‘onistonda tug‘uruq vaqtida o‘lim ko‘rsatkichi 2000 yildagi har 100 ming holatdagi 1 450 ta o‘limdan 2019 yildagi 638 o‘lim holatigacha kamaydi. Shunga qaramay, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
Mavzuga oid
09:05
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026