Lojadagi yolg‘iz Putin, ko‘zidan yosh chiqib ketgan askar va uch ming artist tomoshasi. Kun suratlari
Xitoy poytaxti Pekinda XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari start oldi.

Antonin Thuillier / AFP / Scanpix / LETA
4 fevral kuni Pekindagi Milliy stadionda («Qush uyasi» deb ham ataladi) 24-Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Rejissyor Chjan Imou tomonidan uyushtirilgan shouning asosiy mavzulari avlodlar birligi va davomiyligi bo‘ldi, ramzi esa — qorqiz. Tantanali marosimda ulkan svetodiodli ekranlar, kompyuter grafikasi, uch ming artist va albatta, mushaklardan foydalanildi. Stadionga qishki o‘yinlarda qatnashuvchi 90 dan ortiq mamlakat vakillari chiqib kelishdi. Stadion tribunalaridan qator davlatlar, jumladan RF prezidenti Vladimir Putin marosimni kuzatdi. Quyida qishki o‘yinlar ochilishidan eng yorqin suratlar.

Pekin o‘zida ham yozgi (2008 yil), ham qishki Olimpiadani qabul qilgan ilk shahar bo‘ldi. 80 ming kishilik stadion tribunalari pandemiya tufayli musobaqalar vaqtida faqat 30 foizga to‘ldiriladi. Xitoy hukumati o‘yinlarga chipta sotmaslikka qaror qilgan.

Olimpiya o‘yinlari ochilishi «Tezroq, yuqoriroq, kuchliroq, hamjihatlikda» shiorida o‘tdi.











XXR raisi Si Jinping o‘yinlar ochilgani haqida rasman ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin marosimni lojada yolg‘iz kuzatdi, AQSh, Britaniya, Avstraliya va Kanada rahbarlari Shinjondagi uyg‘urlar huquqlari buzilgani tufayli Xitoyga diplomatik boykot e’lon qilib, marosimga kelmagan.

Rossiyalik sportchilar bu safar ham Rossiya olimpiya qo‘mitasi ramzi ostida chiqish qildi.

Tomoshabinlar qarshisiga chiqib kelgan jamoalarning tarkibi turlicha edi: O‘zbekistondan bir, Portugaliyadan uch nafar sportchi qatnashayotgan bo‘lsa, AQSh o‘yinlarga 224 nafar sportchi bilan kelgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

19:50 / 24.07.2024
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonlari tasdiqlandi

20:06 / 06.03.2022
Bobilga aylangan Lvov, yangi formadagi toliblar, dunyoda bahor bayramlari. Hafta suratlari

21:59 / 27.02.2022
«Yo‘lkira tekin». Ukrainalik qochqinlar qo‘shni davlatlarda qanday kutib olinmoqda?

19:29 / 20.02.2022