2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonlari tasdiqlandi
AQSh va Fransiya shaharlari 2030 va 2034 yilda qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Foto: Getty Images
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Solt-Leyk-Siti shahri 2034 yilda qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bu qaror Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.
Yuta shtati markazi 32 yildan so‘ng ikkinchi marta qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Solt-Leyk Siti bu o‘yinlarni qabul qilishga yagona da’vogar edi.
Solt-Leyk-Siti XOQ sessiyasida 83 ta ovoz oldi, 6 nafar delegat qarshi ovoz berdi.
Bu shahar 2002 yilda ham qishki o‘yinlarga mezbonlik qilgan. AQSh terma jamoasi Olimpiadada qo‘lga kiritilgan sovrinlar soni bo‘yicha ikkinchi (34) va medallar reytingida Norvegiya va Germaniyadan keyin uchinchi o‘rinni egallagan edi.
Shu bilan birga, 2030 yilgi qishki olimpiadani Fransiyaning Alp tog‘laridagi bir necha shaharlar qabul qiladi. Biroq, qayd qilinishicha, Fransiya hali moliyaviy kafolatlarni bermagan.
XOQ sessiyasida, agar mezbon tomon Butunjahon antidoping agentligining (WADA) dopingga qarshi kurashdagi ustuvorligini tan olmasa, o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma bekor qilinishi mumkinligi e’lon qilindi.
Navbatdagi qishki olimpiya o‘yinlari 2026 yilda Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi

23:37 / 20.03.2025
Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga ilk bor ayol kishi prezidentlikka saylandi

21:28 / 17.03.2025
Boks 2028 yilda Olimpiada dasturiga qaytishi mumkin

18:55 / 26.02.2025