Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bektemir tumanida 4 sotix yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Ular bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidan yer olib berish maqsadida 17 600 AQSh dollari talab qilishgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro L.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “A.G.” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi 4 sotix yer maydonini fuqaro X.ning nomiga tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 17 600 AQSh dollarini olib, qalbaki bayonnomani bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvda, ushbu shirkat raisi Z.E. fuqaro X.ni go‘yoki shirkat a’zoligiga qabul qilinganligi hamda 4 sotix yer maydonini uning nomiga o‘tkazilganligi haqida shirkat bayonnomasini qalbakilashtirib berganligi evaziga 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, “Toshkenshahargaz” ta’minoti sobiq xodimi pora olayotganda ushlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
16:19 / 19.11.2025
Toshkentda «Damas» ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi
09:50 / 11.11.2025
Samarqand va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlar fosh etildi
12:31 / 02.11.2025
Poytaxt va viloyat kesishadigan nuqta: “Food city” chorrahasi qanday bo‘ladi?
09:15 / 24.09.2025