DXX Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Bektemir tumani hududida “zakladka” qöyişni rejalaştirgan, Jizzax viloyati Zafarobod tumanida doimiy röyxatda turuvçi, 1992 yilda tuğilgan şaxs uşlandi.
Ma’lum qilinişiça, uning yonidan 6 gramm “gaşiş” va 5 gramm “mefedron” giyohvandlik vositalari aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu şaxs ustaçilik qilayotgan Toşkent viloyati Toşkent tumanidagi yangi qurilayotgan hovli uy közdan keçirilganda, bu yerdan jami 1 kg 700 gramm “gaşiş” va 500 gramm “mefedron” aşyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Şuningdek, uning doimiy istiqomat qiladigan Zafarobod tumanidagi uyidan ham 800 gramm “mefedron” sintetik narkotik moddasi olingan.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari doirasida uning ehtimoliy jinoiy şeriklarini aniqlaş böyiça çora-tadbirlar olib borilmoqda.








