O‘zbekiston | 12:00 / 15.02.2022
14593
4 daqiqa o‘qiladi

Zafar Hoshimov "Iz Korzinki" va "365 kun" brendlarining paydo bo‘lishi haqida gapirib berdi

Foto: Korzinka

2021 yilning 30 dekabr kuni "Korzinka" brendining 25 yilligini nishonlandi, ammo bu eng yirik riteyler haqidagi hamma xabar emas.

Birinchi O‘SB (o‘z savdo belgisi) 2017 yilda ishga tushirilgan, bu "Iz Korzinki" brendi ostidagi non edi.

2020 yildan boshlab ikkinchi O‘SB “365 kun” chiqarilgandi.

Bugungi kunda tarmoq ikkala brendga alohida e’tibor qaratmoqda va ularni rivojlantirmoqda. Bu haqda bizga marketing guruhi va Zafar Hoshimov batafsil aytib berishdi.

"Korxonamiz bosib o‘tayotgan rivojlanish yo‘liga nazar tashlasak, mahalliy bozor va umumjahon tendensiyalariga muvofiq o‘z savdo belgimizning (O‘SB – tahririyat) yo‘lga qo‘yilishi ham davr talabi edi. Global miqyosda bu tushuncha ko‘pdan buyon faol shakllanib kelmoqda va mana endi bizning bozorimizga ham yetib keldi", — deydi Zafar Hoshimov.

Foto: Korzinka

O‘z savdo belgilari yirik riteylerlar tomonidan bir necha sabablarga ko‘ra yaratiladi:

  • yanada moslashuvchan narxlash imkoniyati;
  • raqobatchilar monitoringidan xoli bo‘lish;
  • ishonchning ortishi.

"O‘SB tovarlarining xuddi shunday tovarlardan kamida 5% arzonroq ekanligini savdo belgisi narxiga marketingga sarflangan qiymat qo‘shilmasligi bilan asoslash mumkin. Vaholanki, bu tayyor mahsulotning sifatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki har tomonlama munosib yetkazuvchilar va ishlab chiqaruvchilarni saralash – jamoamiz uchun doim ustuvor vazifa sanaladi. Shu turdagi muqobil mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reklama uchun millionlab pul sarflashadi va bu tovarning narxiga ham ta’sir qiladi", — deya fikrlari bilan o‘rtoqlashadi korxona asoschisi.

Foto: Korzinka

"Iz Korzinki" savdo belgisi — yuqori sifatli mahsulotlar. Har bir mahsulotni ishlab chiqishda kompaniya eng yaxshi ko‘rinish, ta’m va xushbo‘ylikni birlashtirgan holda ishlab chiqaruvchilar tomonidan diqqat bilan qaraladi.

"Rejalarimizning mahsuli o‘laroq, Korzinka rebrendingi va O‘SB mahsulotlarining yo‘lga qo‘yilishi deyarli bir vaqtda kechdi. Falsafamizga faol singdirib kelayotgan shiorimiz – "Odatdagidan yaxshi" nafaqat Korzinka tarmog‘imizning yanada rivojlanishi va bizning intilishlarimizni, balki tayyorlab, bozorga olib chiqayotgan mahsulotlarimizning sifatini ham o‘zida aks ettiradi", — deydi Zafar Hoshimov.

Foto: Korzinka

O‘z brendlarini yo‘lga qo‘yish orqali riteyl tarmoqlari eng mashhur ikki yo‘nalishda - tovarlar tannarxini sezilarli darajada pasaytirish, narx va sifat o‘rtasida tanlov qilish yoki o‘rtacha bozor narxini tejash va sifatga putur yetkazmasdan ushlab turishga harakat qilmoqda. Korzinka ikkinchi ssenariyga qat’iy amal qiladi, marketing va tegishli xarajatlarni olib tashlab, asosiy e’tiborni eng yaxshi sifatga qaratadi va xarajatlarni xaridor uchun qulay tarzda ushlab turishga urinadi.

"O‘SBning asosiy kuchi aynan tovarlarni reklamaga sarf bo‘ladigan quvvat bilan emas, faqatgina xaridorlarning ishonchini qozonishda ko‘rinadi. Xaridorlarimiz nafaqat Korzinkaga davomli kelishayotganini, balki "365 kun" hamda "Iz Korzinki" tovarlarini takror va takror xarid qilayotganini raqamlar ham ko‘rsatib turibdi", — deya ta’kidlaydi Korzinka supermarketlar tarmog‘i rahbari.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid