12 yoshli Hayitali: “Tiko”dan 2,5 tonna yuk ko‘taradigan samosval yasadim”
Andijonning Paxtaobod tumanida havaskor mexanik “Tiko” avtomobilini 2,5 tonna yuk tashib ag‘daruvchi samosvalga aylantirdi. Qizig‘i, bu ixtiro muallifi – 12 yashar Hayitali Orifjonov.

Hayitali Orifjonov Paxtaobod tumanining Qumshaydon mahallasida yashaydi. 69-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining 6-sinfida o‘qiydi.
To‘g‘risi, avvaliga Hayitalining mana shu yoshda yengil avtomobil va mototsikl detallaridan yuk mashinasi yaratgani aniq ishonmadik. Lekin u bilan suhbat davomida fikrimiz o‘zgardi.
“Bu kichik yuk mashinasini dadam bilan birga yasadik. G‘oya meniki. Dadam katta yuk avtomobillari, avtobuslar tuzatadi. “Motor”, “xodovoy” qiladigan usta. Bolalagimdan temir-tersaklar ichida o‘sdim. Men mototsikllarga qiziqaman. Uyimizda “Munis” yuk tashiydigan mototsiklimiz bo‘lib, u og‘ir yuk ko‘tara olmay doim orqa kuzov ostidagi ramasi sinib qolardi. Dadamga “keling dada, “Munis”ni ramasini kuchaytirib, “Tiko” matorini o‘rnataylik. Yuk ag‘daradigan samosval teraylik” dedim. Shu bilan 6 oyda shuni yasadik.
Bu meni birinchi ishim emas. Bundan oldin nogironlar aravachasi va “Matiz” va mototsikl detallaridan xuddi shunaqa yuk mashinasi yasaganman. Buxoroga 25 million so‘mga sotib yuborganmiz.
Kimdir “mana shu mashinani 12 yoshli bola yasaganiga ishonmayman?”, deyishi mumkin. Xohlasa kelib ishlarimni ko‘rishi mumkin”, – dedi Hayitali Orifjonov.
Hayitali bizga mashinasi qanday detallardan tashkil topgani bilan tanishtirdi:
“Orqa kuzov ramasi “Kamaz” mashinasiniki, “Gidrobachok” va mashinani gidravlika qismi “Munis”dan olingan. Motor, ya’ni dvigatel “Tiko”niki. Rul “Matiz”niki, o‘rindiqlar eski avtobusga tegishli. Oldi kuzov ham “Tiko” avtomobilidan olingan”.
Hayitali o‘z mashinasini “Tiko-pekap” deb nomlabdi. Mashinani boshqarish juda qulay.
“O‘g‘lim men avtomobil ustasi bo‘lganim uchun temirlarni ichida katta bo‘ldi. Doim nimadir ixtiro qilishga qiziqadi. Ishonsangiz hozir o‘zi mototsikl “motor”ini tuzatib qayta yig‘a oladi. Uchta shunaqa yangilik yasadi. Nogironlar aravachasi, velosiped va “Matiz”dan yuk tashiydigan mashina. Uchalasi ham ishlayapti.
Bilasiz qishloqda yuk mashinasiga ish ko‘p. Shuning uchun o‘g‘lim mototsikl va “Tiko” avtomobili detallaridan yuk tashib, o‘zi ag‘daradigan mashinaga urinishni boshlagach, yaqindan yordam berdim. O‘xshadi. 2,5 tonna yuk ko‘taryapdi. Unda qurilish materiallari – g‘isht, guvala, qum, shag‘al, shifer tashish juda qulay”, deydi uning dadasi Soyibjon Hasanov.
Shuni aytib o‘tish kerak Hayitali va uning akasi Abdulaziz “Vatanparvar” tashkilotida sportning “karting” turi bilan ham shug‘ullanishadi. Abdulaziz yoshlar o‘rtasida viloyat chempioni.
Paxtaobod tuman hokimligi yosh qahramonimizni be’etibor qoldirmadi. Uni voyaga yetkazgan onasiga qimmatbaho sovg‘ani bizning ishtirokimizda topshirdi.
Biz ixtirochi va uning dadasi bilan yangi samosvalni ish ustida sinab ko‘rdik. Yangi “Tiko-pekap” 2 tonna qumni yuklab, yaxshi tezlikda boshqa joyga olib borib to‘kdi. Hech qanday texnik kamchiliklar bo‘lmadi. Mashina sinovdan zo‘r o‘tdi, hisob.
Yoshlar ichidan mana shunday ixtirochilar yetishib chiqishi quvonarli holat. Qaniydi, yurtda minglab, o‘n minglab izlanuvchan, yangilik yaratishga shijoatli Hayitalilar bo‘lsa. Biz yosh mexanikka kelgusida omadlar tilab qolamiz.
Elmurod Ermatov,
Kun.uz muxbiri
Tasvirchi va montaj ustasi –
Azizbek Ismoilov
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

16:04 / 10.05.2025