Ecofruit - dunyoning istalgan nuqtasida o‘zbekona lazzat
Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari Gulfood xalqaro ko‘rgazmasida, O‘zbekistondan Ecofruit brendi o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Gulfood bu - oziq-ovqat va ichimliklar sanoatining dunyodagi eng yirik, nufuzli, har yili bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmasidir. Unda dunyoning 120dan ortiq davlatlaridan kelgan 5 mingdan ortiq kompaniyalar va 185ta mamlakatdan 97 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etadilar.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi Ecofruit brendi ko‘rgazmadagi Made in Uzbekistan pavilonida yurtimizning quyosh nuriga g‘arq bo‘lib pishgan meva-sabzavotlarini dunyoga namoyish etmoqda.
Kompaniya ta’sischilari o‘z faoliyatini 2009 yilda boshlashgan. Kompaniya 100dan oshiq qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamda quritilgan mevalarni buyurtmachilarning xohish-istaklariga ko‘ra qadoqlaydi va belgilangan manzilga yetkazadi.
Shuningdek, kompaniya 2015 yilda o‘z plantatsiyalarida uzum, o‘rik, bodomning har xil turlarini yetishtirishni boshladi.
Kompaniya savdo tuzilmasini takomillashtirish va o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida, doimiy mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish orqali, mahsulot sotish bozorini kengaytirishga qaratgan.
Kompaniya doimiy ravishda yangi mahsulotlarni o‘rganmoqda, yangi bozorlarni qidirmoqda va shuni aytish mumkinki, kompaniya mijozlarining katta qismi doimiy hamkorlikda ishlab kelmoqda.
Ko‘rgazmada Ecofruit brendi Birlashgan Arab Amirliklarida yirik shirkatlar safida bo‘lgan FSL kompaniyasi bilan shartnoma tuzishga kelishdi. Kelishuvga asosan, Ecofruit qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va quritilgan mevalarni katta hajmda yetkazib berish rejalashtirildi.
Telefon: +998974048000
Sayt: www.ecofruit.uz
Feysbuk: fb.com/ecofruit.uz
Instagram: instagram.com/ecofruit_uz
Yutub: youtube.com/channel
Reklama huquqi asosida