Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda tadbirkordan 3 000 dollar pora olgan gaz ta’minoti xodimlari ushlandi
Ular MChJlardan birining ish yurituvchisidan dalolatnomada yozilgan summani kamaytirib berish evaziga pul talab qilishgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, Hududgaz Jizzax gaz ta’minoti filiali yetakchi muhandisi Sh.I. (muqaddam JKning 214-moddasi bilan sudlangan) “X.S.” MChJning tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada hisoblangan 384,6 million so‘m zararni kamaytirib berish evaziga MChJ ish yurituvchisi D.D.dan 3 000 dollari pora talab qilib olgan vaqtida ushlangan.
Uning ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda, filialning shartnomaviy-huquqiy bo‘limi boshlig‘i B.R. sherigi yetakchi muhandis Sh.I.dan 3 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:45 / 13.06.2026
Guliston shahar hokimligi xodimi pora bilan ushlandi
18:28 / 12.06.2026