Jamiyat | 15:25 / 25.02.2022
27602
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ingliz tili o‘qituvchilari TEFL xalqaro sertifikatini olib maoshiga qo‘shimcha 50 foiz ustamaga ega bo‘lishlari mumkin

Foto: TESOL | TEFL

TESOL | TEFL akademiyasi O‘zbekistonning ingliz tili o‘qituvchilariga xalqaro TEFL sertifikatini olish va maoshni 50 foizga oshirish imkoniyatini yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi 2022/2023 o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha chet tili o‘qituvchilari kamida C1 darajasidagi milliy sertifikat yoki unga tenglashtirilgan xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi kerak ekanligini qaror qildi. Shunga ko‘ra, tegishli qaror bilan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatdan TEFL xalqaro sertifikati ham o‘rin olgan.

TESOL | TEFL akademiyasi xalqaro toifali o‘qituvchilar tayyorlash markazi bo‘lib, undagi TEFL kurslari sizni xalqaro ingliz tili o‘qituvchisi sifatida tayyorlaydi. Shuningdek, xalqaro CELT P va CELT S sertifikatlariga ham tayyorlov malaka oshirish kurslari mavjud bo‘lib, bular maktab o‘qituvchilari uchun joriy etilgan. Bu sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident qaroriga muvofiq oylik maoshning 50 foizi miqdorida har oy ustama qo‘shib beriladi.

TEFL "Teaching English as a Foreign Language" tomonidan beriladigan sertifikat xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, ushbu sertifikatga ega o‘qituvchi istagan davlatda ingliz tilidan dars berishi mumkin. TEFL’ning bir nechta darajalari mavjud bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Ingliz tili ko‘nikma va malakalarini baholashga yo‘naltirilgan The Ofqual Regulated Level 5 Certificate in TEFL sertifikati Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining C1 darajasiga tenglashtirilganligi tan olindi.

 TEFL sertifikatidan bir umr foydalanish mumkin

TEFL’dagi 5-darajali sertifikat malaka va ko‘nikmalarni tartibga solish idorasi (Ofqual) tomonidan nazorat qilinadi va bu Buyuk Britaniya hukumati malakani tasdiqlaganligini anglatadi. Bu oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki tayanch darajasi, universitetda ikki yil va CELTA hamda Trinity CertTESOL sertifikatlariga teng hisoblanadi.

Sertifikatning amal qilish muddati cheklanmagan bo‘lib, bu esa undan bir umr foydalanish imkoniyatini beradi.

TESOL | TEFL akademiyasida TEFL’ning 5-darajali xalqaro sertifikati tayyorlov malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yilgan. Markazda barcha qulayliklar yaratilgan. Shinam va zamonaviy bezatilgan xonalar, o‘zgacha muhit va dizayn albatta dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Darslar xalqaro talablarga javob beruvchi mentorlar tomonidan Yevropa standartlari asosida tashkil etilgan.

Sertifikat o‘qituvchilarga har oyda maoshga qo‘shimcha 50 foiz ustama olish imkoniyatini beradi

TESOL | TEFL akademiyasida siz qanday qilib ingliz tilini muloqot (CLT approach) orqali o‘qitishning to‘rtta asosiy yo‘nalishlarini o‘rgatishni o‘rganasiz: o‘qish, gapirish, yozish, tinglash, shuningdek, grammatika / talaffuz va sinfni boshqarish. O‘quvchilar va sinf o‘quv maqsadlariga javob beradigan samarali darslarni rejalashtirish va yetkazish bo‘yicha yosh o‘rganuvchilarga ham, kattalarga ham qiziqarli va samarali darslarni rejalashtirish va yetkazib berish usullari va ko‘nikmalarini o‘zlashtirasiz.

Darslar sizning tanlovingizga qarab oflayn yoki ZOOM platformasi orqali xalqaro talablarga javob beradigan mentorlar tomonidan olib boriladi.

Dastur so‘ngida Buyuk Britaniya hukumati tan olgan Ofqual idorasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri masofaviy imtihonlar topshiriladi va muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar xalqaro Ofqual Regulated Level 5 TEFL sertifikatiga ega bo‘lishadi. Sertifikat o‘qituvchilarga har oyda maoshga qo‘shimcha 50 foiz ustama olish imkoniyatini taqdim etadi.

Tayyorlov malaka oshirish kursimizning maqsadi, o‘qituvchilarning o‘qitish metodikasini xalqaro darajada takomillashtirish va amaliy o‘qitish ko‘nikmalarini oshirish orqali ularga yangi imkoniyatlar eshigini ochishdan iboratdir.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bizga qo‘ng‘iroq qiling:

+998900390050

+998901315007

+998901756007

Telegramda yozing: Administrator1, Administrator2.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

TELEGRAM |INSTAGRAM | FACEBOOK

Akademiyamiz Veb saytiga tashrif buyuring: www.tesol-tefl.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid