18:40 / 03.12.2018
24020
Reklama

Amerikaning Xalqaro Tesol dasturi endi O‘zbekistonda

TESOL Xalqaro Uyushmasi (kengaytmasi Teachers of English to Speakers of Other Languages - Boshqa tilda so‘zlovchilar uchun ingliz tili o‘qituvchilari xalqaro uyushmasi) ikkinchi xorijiy tili ingliz tili hisoblangan o‘qituvchilar uchun eng katta professional tashkilot hisoblanadi. Tashkilotga 1966 yilda AQShning Virjiniya shtatida asos solingan. 2013 yil ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab tashkilotning 12100 nafar a’zosi va 100dan ortiq til ta’limiga asoslangan tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari bor. Hamkor tashkilotlar bilan qo‘shib hisoblasa, TESOL bilan bog‘liq mutaxassislar soni 44 mingdan oshadi.

 

Tashkilot sertifikati va TeFL (kengaytmasi Teaching English as Foreign Language – ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rgatish) sertifikatini qo‘lga kiritgan mutaxassis nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning boshqa burchaklarida ham ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib borishi, bundan tashqari, IELTS imtihoni oluvchisi sifatida ham ishlashi mumkin. 

TESOL’ning Markaziy Osiyodagi ilk bo‘limi endi O‘zbekistonda ham o‘z eshiklarini ochmoqda.

2019 yilning yanvar oyidan TESOL o‘quv kurslariga qabul boshlanadi. Shoshiling, birinchilardan bo‘lib ro‘yxatdan o‘tishga ulguring va TESOL bilan maqsad sari odimlang!

Sayt: www.tesol.uz

Telegram: t.me/tesoluz 

Feysbuk: facebook.com/tesoluz

Instagram: Instagram.com/tesoluz
 

Reklama huquqi asosida

Top