Iqtisodiy çoralarning eng oğiri Rossiya bank tizimini xalqaro SWIFT tölov tizimidan uzib qöyiş tahdidi hisoblangan va bu har doim eng oxirgi çora sifatida körib kelingan. Ukrainaga bosqin ortidan xalqaro sanksiyalarga tuşgan Rossiya banklari SWIFT'dan uziladi, zaruratga qarab boşqa banklar ham tizimdan uzilişi mumkin. Xöş, bu Rossiya iqtisodiyotiga qançalik ayançli ta’sir ötkazadi? 

SWIFT nima?

SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication) – banklararo ma’lumot almaşiş va tölovlarni amalga oşiriş tizimi bölib, unga dunyoning deyarli barça mamlakatlaridagi 11 mingdan ortiq yirik taşkilotlar ulangan.

Uşbu tizim butun dunyo böylab moliya institutlariga operatsiyalar töğrisidagi ma’lumotlarni xavfsiz, standartlaştirilgan va işonçli tarzda yuboriş va qabul qiliş imkonini beradi. SWIFT orqali kuniga örtaça 42 mln ma’lumot almaşiladi va global miqyosdagi tölovlarning yarmiga yaqini uşu platforma orqali amalga oşirilgan.

SWIFT tizimiga öxşaş quyidagi muqobillar mavjud:

  • CIPS – Xitoyning kliring banklari bilan Xitoy valutasida savdoga oid bitimlar uçun möljallangan;
  • SFMS – Hindiston homiyligida taşkil etilgan;
  • SPFS – Rossiya tomonidan taşkil etilgan, asosan rus banklari içki ötkazmalarda foydalanişadi;
  • INSTEX – Eron SWIFT tizimidan uzib qöyilganidan keyin Yevropa Ittifoqi tomonidan taşkil etilgan va AQŞ dollaridan taşqari operatsiyalarda foydalaniş uçun möljallangan, biroq deyarli foydalanilmagan va öz samarasini bermagan.

SWIFT’ni sodda qilib tuşuntiradigan bölsak, qaysi mamlakat tizimdan çiqarilsa, bu davlatda xalqaro pul oqimining kirişi va çiqib ketişida jiddiy muammolar paydo böla boşlaydi. Xususan, Rossiyadan Özbekistonga qilinadigan tranzaksiyalar ham  SWIFT orqali amalga oşirilgan.

SWIFT’dan uziliş Rossiya uçun qançalik halokatli?

Rossiya Milliy SWIFT assotsiatsiyasi ma’lumotlariga köra, mamlakatning 300 ga yaqin yetakçi bank va taşkilotlari ma’lumot almaşişda aynan uşbu tizimni işlatişadi va platformadan foydalanuvçilar soni böyiça dunyoda AQŞdan keyin ikkinçi örinda turişadi. Hisob-kitoblarga köra, SWIFT’da yuboriluvçi xabarlar soni böyiça Rossiya dunyoda 6-örinda turadi. Rossiyaning yillik ötkazma hajmi 800 mlrd dollarga yetişi mumkin. Bu mamlakat yalpi içki mahsulotining yarmidan biroz köp. Endi nima böladi?