Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda rublning rasmiy kursi keskin quladi, dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi
Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,41 so‘mga ko‘tarilib, 10 872,41 so‘mni tashkil qildi. Yevro 10,62 so‘mga ko‘tarilib, 12 154,27 so‘m bo‘ldi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan yuzaga kelgan vaziyatda rubl 21,46 so‘mga pastlab, 108,60 so‘m bo‘ldi. Bu so‘nggi yillarda kuzatilgan eng jiddiy pasayishdir.

O‘tgan hafta oxirida O‘zbekistonda dollar kursi 9,15 so‘mga ko‘tarilib, 10 860 so‘mni tashkil qilgandi. Qatorasiga uchinchi marta dollar kursi ko‘tarilmoqda.
Mavzuga oid
21:14 / 11.11.2022
Dollarning rasmiy kursi 11200 so‘mdan oshdi
17:01 / 19.05.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 100 so‘mdan pastga tushdi
16:50 / 06.04.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
16:18 / 16.03.2022