Jahon | 09:16 / 06.03.2022
8145
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Ukrainadagi urushda tinch aholi vakillaridan 350 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Foto: Anastasia Vlasova / Getty Images

Ukrainadagi urush vaqtida tinch aholi vakillaridan kamida 351 nafar kishi halok bo‘lgan, 707 kishi yaralangan. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi 4 mart yakunlari bo‘yicha berilgan ma’lumotlarga tayanib xabar qilgan.

O‘limlarning katta qismi og‘ir artilleriya bergan zarbalar, baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari, raketa va aviazarbalar oqibatida kuzatilgan. Ayirmachilar nazorati ostidagi hududning o‘zida 23 ta o‘lim holati qayd etilib, 93 kishi yaralangan.

Halok bo‘lganlarning 22 nafari voyaga yetmaganlar. Kamida 36 bola turli darajada tan jarohatlari olgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid