Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qamaldagi shaharlarda gumanitar yo‘laklar taklif qildi. Yo‘laklar Rossiya va Belarusga olib boradi
Rossiya harbiylari «sukunat rejimi»ni e’lon qilib, Kiyev, Xarkov, Sumi hamda Mariupoldan tinch aholining chiqib ketishi uchun gumanitar yo‘laklar ochmoqda. Bu haqda RF mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.
«Sukunat rejimi» 7 mart kuni soat 10:00 dan e’lon qilinadi. Gumanitar yo‘laklar «halokatli gumanitar vaziyat» hisobga olingan holda hamda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiya prezidenti Vladimir Putindan shaxsiy iltimosi sabab ochilmoqda.
RIA Novosti agentligi e’lon qilgan xaritalar va Rossiyaning «Zvezda» telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya oltita gumanitar koridor ochishga qaror qilgan, ammo shundan to‘rttasi Rossiya va Belarusga olib boradi.
Ukraina hukumati vitse-premeri Irina Vereshchuk Rossiyaning gumanitar yo‘laklar variantini qabul qilib bo‘lmasligini aytdi. «Odamlarimiz Ivankov, Dimer, Vishgorod [Kiyev oblasti] va Kiyev atrofidan keyin samolyotlarda Rossiyaga uchish uchun Belarusga bormaydi», dedi u.
- 5 mart kuni RF mudofaa vazirligi «sukunat rejimi» va rossiyalik harbiylar tomonidan qamal qilingan, og‘ir gumanitar vaziyat yuzaga kelgan Mariupol hamda Volnovaxadan tinch aholining olib chiqilishi uchun gumanitar yo‘laklar ochilishini e’lon qildi. Ammo bu yo‘laklar orqali aholi ommaviy evakuatsiya qilinishi boshlanmadi. Rossiya va Ukraina tomonlari bunda bir-birini ayblamoqda.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026