O‘zbekiston | 12:00 / 09.03.2022
10914
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

AgroWorld Uzbekistan - qishloq xo‘jaligi dunyosi bir maydonda

Foto: AgroWorld Uzbekistan

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi sohaviy tadbir – 17-Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2022» ko‘rgazmasi 2022 yil 16 mart kuni o‘zining an’anaviy maydoni bo‘lgan «O‘zekspomarkaz» MKMda o‘z ishini boshlaydi.

AgroWorld Uzbekistan – soha mutaxassislarini har yili biznes-uchrashuvlar, tajriba almashish va qishloq xo‘jaligi sohasida yangi asbob-uskunalar hamda texnologiyalarni namoyish etish uchun birlashtiradigan professional maydondir.

Ko‘rgazma sanasi: 2022 yil, 16-18 mart kunlari, «O‘zekspomarkaz» MKM, 1 va 2-pavilon.

Ko‘rgazma bozor o‘zgarishlari tendensiyalarini inobatga olgan holda o‘zining ekspozitsiyalariga o‘zgartirishlar kiritadi. Bugungi kunda o‘ziga xos mavqega ega mahalliy korxonalar ko‘rgazmada ishlab chiqarishni to‘liq jihozlashga imkon beradigan texnologiyalarni topishi mumkin.

Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir necha sektorlarga bo‘lingan ko‘rgazmada sohadagi so‘nggi yangiliklar va dolzarb g‘oyalar, jumladan, pandemiya cheklovlari ta’sirida yaratilgan g‘oyalar mutaxassislarni kutmoqda.

1-pavilonda g‘alla, tegirmon va moyli ekinlar sanoati uchun asbob-uskunalar hamda texnologiyalar ishlab chiquvchilari, sotuvchilari jamlanadi. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonning 56 don klasteri Germaniya, Turkiya va Rossiya ishtirokchilari bilan uchrashish va muzokaralar olib borish ro‘yxatdan o‘tgan.

Bundan tashqari, ushbu pavilonda issiqxona xo‘jaliklari uchun yechimlar taqdim etiladi: sabzavot ekinlari, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, o‘g‘itlar, gidroponika, sug‘orish va qoplama materiallaridan tortib, mevali bog‘lar yaratish va mevalarni saralash va qayta ishlash bo‘yicha takliflargacha.

O‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha yechimlarni taqdim etadigan yagona maydon esa 2-pavilonda namoyish etiladi: parrandachilik fabrikalari, parranda go‘shti va tuxum ishlab chiqaruvchilari uchun uskunalar, shu jumladan qayta ishlash, muzlatish va qadoqlash liniyalari. Shuningdek, mutaxassislar diqqatiga o‘z chorva mollari va yem-xashak bazasiga ega bo‘lgan klaster tipidagi go‘shtni qayta ishlash korxonalari bo‘yicha takliflar namoyon etiladi.

Ko‘rgazmada dunyoning 13 mamlakatidan 100 dan ortiq kompaniya o‘z ishtirokini tasdiqladi. An’anaviy ravishda Turkiya milliy ekspozitsiyasi namoyish etiladi, Rossiya Federatsiyasidan Voronej viloyati, Tatariston va Krasnodar o‘lkasining jamoaviy stendlari ishtirok etadi.

Tadbir tashkilotchilari: «Iteca Exhibitions» xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori «ICA Group».

Ko‘rgazma «Iteca Exhibitions» kompaniyasining barcha tadbirlari singari O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik me’yorlari va qoidalarining talablariga qat’iy muvofiqlikda o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 71 205 14 14, www.agroworld.uz ga murojaat qiling.

Reklama huquqi asosida