O‘zbekiston | 07:41 / 11.03.2022
8244
2 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi

Foto: O‘zA

Prezidentning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 

Hujjat bilan 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi.

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab xususiy korxonalar va tashkilotlarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi.

2022 yil 1 iyundan boshlab davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitishning yangi tartibi joriy etiladi. 

Bunda:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari huzurida malakani baholash markazlari tashkil etiladi;
  • malakani baholash markazlari kasbiy malaka talablarini ishlab chiqadi va ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasini beradi;
  • o‘quv kurslarini tugatgan xotin-qizlar bilimi darajasi malakani baholash markazlari tomonidan aniqlanadi va shu asosda ularga malaka sertifikatlari beriladi;
  • malaka sertifikatini olgan xotin-qizlarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun malakani baholash markazlari tomonidan subsidiyalar beriladi;
  • malakani baholash markazlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va kollejlarning bitiruvchi sinf o‘quvchi-qizlarini axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘shimcha kurslarda o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasi beriladi.

Mavzuga oid