AOKAda ötkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qömitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar tahlili yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida “Oqila ayollar harakati” a’zolari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş komissiyasi, tegişli mutaxassislar hamda hamkor taşkilotlar bilan birgalikda 120 688 ta oila örganilgan. Ulardan 59 345 tasida nizolar bartaraf etilgan.

Şuningdek, 36 618 ta oila yaraştirilgan, 12 347 ta aliment, 2 665 ta uyga kiritiş, 4 953 ta mol-mulk bilan boğliq nizolar hal etilgan. 2 ming nafar jarrohlik operatsiyasiga muhtoj xotin-qizlarni soğlom hayotga qaytariş uçun Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi tomonidan mablağ ajratiş böyiça Qömita tomonidan yillik reja tasdiqlanib, aprel–iyun oylarida 735 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar va bolalarning jarrohlik operatsiyasi va davolanişi uçun 10 mld sömga yaqin mablağ ajratilgan.