Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida diniy ulamolar va mahalliy hokimlik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Unda yoshlar orasida diniy muhitni sog‘lomlashtirish va radikallashuvning oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar muhokama qilingan.
Shu yil 17 mart kuni poytaxtdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi katta zalida Toshkent shahar hokimligi, shahar IIBB va Adliya boshqarmasi, shuningdek O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi mas’ullari ishtirokida seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda poytaxt hududida diniy muhitni sog‘lomlashtirish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish yo‘nalishida targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish, yoshlar orasida diniy muhitni sog‘lomlashtirish, ayniqsa radikallashuvning oldini olishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Tadbirda, shuningdek diniy ulamolar, Toshkent shahri hududida joylashgan barcha masjidlarning imom-xatiblari qatnashgan.
Tadbirda yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va amaldagi ijrosi yuzasidan tushunchalar berilib, fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, diniy ma’rifat salmog‘ini oshirish maqsadida masjidlar barobarida o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida, ayniqsa aholi orasida axloqiy, aqidaviy va fiqhiy mavzularda targ‘ibotni amalga oshirish orqali yoshlarni ekstremistik va boshqa g‘oyaviy targ‘ibotchilari ta’siridan saqlab qolish chora-tadbirlarini jadallashtirish yuzasidan kelishib olingan.

Mavzuga oid
16:55
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026