O‘zbekiston | 19:00 / 22.03.2022
6350
2 daqiqa o‘qiladi

MFactor asoschisidan tavsiyalar: “Tadbirkor o‘z mahsulotini taqdim etadigan auditoriyani to‘g‘ri tanlashi lozim”

“Insonlar vaqtini qayerga qaratyapti?”: MFactor asoschisidan tavsiyalar

O‘zbekistondagi taniqli MFactor, Deli kabi brendlar egasi Husan Mamasaidov Kun.uz bilan suhbatda o‘z mahsulotining egasini topishni istagan tadbirkor uchun auditoriya tanlashning muhim ahamiyatlari haqida gapirdi.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, bugun odamlarning eng ko‘p vaqti telefon bilan band bo‘lmoqda. Ko‘pchilik ertalab uyqudan ko‘z ochgan zahoti ijtimoiy tarmoqlarni yoki telegramni kuzatish uchun telefonga yuzlanadi. Bu holat esa o‘z mahsulotini jamiyatga taqdim qilayotgan tadbirkor uchun kerakli signal - ular mijozlar vaqt sarflaydigan omilni to‘g‘ri tanlashi lozim.

“Shunday yangiliklarni yetkazib berayotgan resurs sifatida Kun.uz’ni ma’qul topganman. O‘zbek segmentidagi auditoriyasi eng katta, ijtimoiy tarmoqlarda millionlab kuzatuvchilarga ega bu platformadan unumli foydalanish kerak. Mahsulotimiz kerakli segmentga tezkor yetib borishini istasak, bunga bee’tibor bo‘lmasligimiz kerak.

Xorijda o‘tkazilgan bir necha ming dollarlik malaka oshirish kurslarini o‘qiganimda auditoriya tanlash salohiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shunda birinchi bo‘lib o‘zbek bozorida bunga arzirli resurs sifatida Kun.uz xayolimga keldi”, - deydi u.

Husan Mamasaidov biznesdagi barcha loyihalarida, xususan, MFactor loyihasi boshlangan kundanoq sayt bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi: “Shu kunga qadar ko‘nglimizdagi natijalarga erishib kelyapmiz. Jamoaga, Kun.uz’dagi professionalizmga yuqori baho beramiz. Telegram kanallari auditoriyasiga ko‘z tashlaganda, eng ko‘p obunachilari bo‘lgan kanal qidirganda birinchi o‘rinda Kun.uz telegram kanali chiqib keladi. Shu auditoriyaning o‘ziyoq jamoaning mehnatiga berilgan baho sifatida ko‘rinadi”.

Mavzuga oid

E`lonlar