Rossiya TIV: «Ukraina bilan ikki marta asirlar almashildi»
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, Ukraina bilan ikki marta asirlar almashilgan.
«Rossiya Mudofaa vazirligi har kuni tinch aholi vakillari uchun gumanitar yo‘laklar tashkil etib, evakuatsiya ishlarini amalga oshirmoqda», deyiladi Rossiya TIV saytida e’lon qilingan Zaxarovaning bayonotida. Zaxarova almashilgan asirlar soni haqida ma’lumot bermagan.
Keyinroq VVS Mariya Zaxarovaning so‘zlarini aniqlashtirish maqsadida Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk bilan bog‘langan. Uning aytishicha, Zaxarovaning gaplari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi: «Hech qanday almashuv amalga oshirilgani yo‘q», degan Ukraina hukumati vakili.
Oldinroq Ukraina tomoni asir tushgan Melitopol meri Ivan Fyodorovni 2002 va 2003 yillarda tug‘ilgan 9 nafar rossiyalik muddatli harbiy xizmatchi asirlarga almashgani haqida xabar bergandi. VVS so‘roviga javoban Ukraina prezidenti ofisi matbuot kotibi Darya Zarivnaya bu ma’lumotni tasdiqlagan. Mer va muddatli harbiy xizmatchilar almashilganini Rossiya ombudsman vakili Tatyana Moskalkova ham tasdiqlagandi.
16 mart kuni Zelenskiy asirlikdan ozod qilingan Melitopol meri Ivan Fyodorov bilan telefonda gaplashgani aks etgan video e’lon qilingandi.
19 mart kuni Irina Vereshchuk mamlakatda 562 nafar rossiyalik asirda saqlanayotganini xabar qilgandi. Uning aytishicha, Ukraina tomoni 270 nafar harbiysi rossiyaliklar qo‘liga asir tushganini taxmin qilmoqda. O‘z navbatida, Rossiya ombudsmani Tatyana Moskaleva 21 mart kuni mamlakat Qizil xoch xalqaro jamiyatiga 500 nafardan ortiq ukrainalik asir tushgani haqida xabar bergandi. Rossiya tomoni muddatli harbiy xizmatilar asir tushganini tan olgan bo‘lsa-da, ularning sonini ma’lum qilmagan.
Urush qoidalariga ko‘ra, ikki tomon asir yoki asirlarning narigi tomon uchun ahamiyatiga qarab o‘zining qancha asir tushgan odamiga almashishini belgilaydi. Asirlarni almashish urush vaqtida o‘t ochish rejimi to‘xtatilgan holda amalga oshiriladi. Urush tugagach yoki tinch vaqtda ham asirlar almashilishi mumkin. 2016 yil 25 may kuni Ukraina rossiyalik razvedkachilar Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovni Rossiyaga berib, harbiy uchuvchi Nadejda Savchenkoni Ukrainaga qaytargandi.
Mavzuga oid
08:37
Sibiga: Ukraina qanchalik uzoqroq zarba bersa, urush shunchalik tezroq tugaydi
01:00
Borrel AQSh Kiyevga 300 kilometrgacha bo‘lgan masofada Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
22:02 / 18.11.2024
Ukraina uzoq masofaga uchadigan raketalar uchun ruxsat oldi: endi nima bo‘ladi?
21:08 / 18.11.2024