Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand aeroportida yashirincha xorijga olib chiqilayotgan qadimiy haykalcha to‘xtatib qolindi
Mazkur haykalcha Samarqand aeroportidagi chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan.
Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Samarqand-Moskva yo‘nalishida uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro I.X. yashil yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida, unga tegishli bagaj sumkasidan qadimiy ashyo topilgan.
Dastlabki surishtiruvda fuqaroning sumkasidagi buyum O‘zbekistondan olib chiqish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladigan qadimiy haykalcha ekani aniqlangan.
Viloyat madaniy meros boshqarmasi haykalcha XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr birinchi yarmida yaratilgani va u madaniy boyliklar sirasiga kirishi haqida xulosa bergan.
Qayd etilishicha, haykalchani O‘zbekiston hududidan chiqib ketishi oldi olinib, o‘rnatilgan tartibda Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirilgan.
Avvalroq Sirdaryo viloyatida noqonuniy ravishda olib o‘tilayotgan XI–XIII asrlarga oid madaniy boyliklar to‘xtatib qolingandi.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026