Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolarni Ukrainadan olib chiqish uchun yana bir aviareys tashkil qildi
2022 yil 23 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 146 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga yetmagan shaxs va 2 nafar chaqaloq olib kelindi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 28 fevraldan 24 martga qadar 27 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 6 030 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatning Polshadagi elchixonasi bilan birgalikda vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularni evakuatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirmoqda, deyiladi xabarda.
Bundan oldin Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayoni nihoyasiga yetganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
10:35 / 03.07.2026
Ukraina NATOga: Biz faqat yordam oluvchi emasmiz
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
20:57 / 02.07.2026