Blinken: «AQShda Rossiya hukumatini o‘zgartirish rejasi yo‘q»
AQSh Rossiyada hukumatni o‘zgartirishni maqsad qilmagan. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
Varshavada nutq so‘zlagan AQSh prezidenti Jo Bayden Putin haqida gapirar ekan bu inson hukumatda qolmasligi kerak deb aytgandi. Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Baydenning gapiga munosabat bildirar ekan shunday dedi: «Bu Baydenning ishi emas, Rossiyada prezidentni rossiyaliklar saylaydi».
Keyinroq Oq uy Bayden Rossiyada hukumat o‘zgarishiga chaqirmaganini ma’lum qildi: «Prezident Bayden Putinning Rossiyadagi hukmronligi yoki hukumat o‘zgarishi haqida gapirgani yo‘q», deyiladi Oq uy bayonotida.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ham bu haqda gapirdi: «Menimcha, prezident aniq qilib gapirdi: Putin o‘z vakolatidan urush ochish, Ukraina yoki boshqa birovga nisbatan agressiv harakatlar amalga oshirish uchun foydalanmasligi kerak», dedi Blinken Quddusdagi safari davomida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Blinken AQSh Rossiyada hukumatni o‘zgartirishni maqsad qilmaganini takrorladi: «Bu haqda bir necha marta aytganmiz, Rossiya hukumatini o‘zgartirish niyatimiz yo‘q. Boshqa joyda ham bunday maqsadimiz bo‘lmagan. Bu davlatlarning o‘z fuqarolariga, ayni holatda Rossiya xalqiga bog‘liq narsa», dedi davlat kotibi.
Bayden ham Rossiyada hokimiyatni o‘zgartirishga chaqirmaganini tasdiqladi.
U jurnalistning Rossiya prezidenti almashishini istash-istamasligi haqidagi savoliga javoban qisqacha qilib «yo‘q» dedi.
Mavzuga oid
16:08 / 14.11.2024
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
21:45 / 22.10.2024
Bayrutdagi shifoxonaga zarba berildi, Blinken yana Yaqin Sharqda
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024