O‘zbekiston | 19:50 / 31.03.2022
28514
3 daqiqa o‘qiladi

Faxriy qorovul qo‘shinlarining formasi avvalroq yangilangani ma’lum bo‘ldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning tashrifi chog‘ida saf tortgan Milliy gvardiya Faxriy qorovul qo‘shinlari yangicha formasi jamoatchilik e’tiborini tortdi. Biroq kuzatuvchilarga ko‘ra, bu gvardiyachilarning yangi kiyimdagi ilk tadbiri emas: Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimida ham faxriy qorovul shu formada ko‘rinish bergan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida prezident Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Yuksak martabali mehmon sharafiga Milliy gvardiya Faxriy qorovul qo‘shinlari saf tortdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bilan tanishishdan boshlandi. Martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Shundan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Faxriy qorovul oliy martabali mehmon qarshisida yangi libosda saf tortgani jamoatchilikning e’tiborini tortdi. Jumladan, huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev Faxriy qorovul xorijiy davlat rahbari oldida ilk marta yangi libosida ko‘rinish bergani haqida yozdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

U o‘tgan yilning oktyabrida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni tantanali kutib olish marosimida Faxriy qorovul eski formada bo‘lganiga e’tibor qaratgan.

Foto: Telegram/Xushnudbek.uz
Foto: Telegram/Xushnudbek.uz

Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, Faxriy qorovul qo‘shinlarining yangi formasi xalqaro davlatlar tajribasi va milliy an’analar uyg‘unligida ishlab chiqilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Yangi forma andozasi ustida bir qancha moda dizaynerlari hamda Milliy gvardiya vakillari ishlagan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan xalqaro davlatlarning ham formalari o‘rganib chiqildi.

Formadagi barcha element to‘plamlarida milliylik andozasi aks etgan. Yangi forma kamarining andozasi xalq qahramoni Alpomish kamarining andozasidan olingan”, deydi u.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davron Jumanazarovning ta’kidlashicha, Milliy gvardiya Faxriy qorovul qo‘shinlari yangi formasi xorijiy davlat rahbarini kutib olish marosimida birinchi marta kiyilgan. Biroq ilk taqdimot ikkinchi muddatga prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimida bo‘lib o‘tgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga oid